Chakana savdo uchun uskunalar va yechimlar

BS/2 kompaniyasi dunyoning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari: Diebold Nixdorf, Datalogic, Bizerba, Zebra, CCL Tech, Modern Expo kompaniyalarining chakana savdosi uchun yechimlari va uskunalarini yetkazib beradi, o‘rnatadi, zarur integratsiyalarni amalga oshiradi va texnik yordam ko‘rsatadi.

Bizning chakana savdo uchun mo’ljallangan mahsulotlarimiz portfoliosiga kassa uskunalari (shu jumladan o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimlari), tarozida tortish va texnologik uskunalari, ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun uskunalar, chakana savdoda ish joyi ergonomikasi uchun yechimlar, shuningdek, xodimlar va xaridorlar o’rtasidagi o’zaro aloqani yanada samaraliroq qilish, savdo shoxobchasiga egalik qilishning umumiy qiymatini kamaytirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni o’z ichiga oladi.

Chakana savdo sektori uchun xizmatlar

Texnik yordam

Turli ishlab chiqarish korxonalarining savdo uskunalariga xizmat ko'rsatish va ular uchun dasturiy ta'minotni ta'minlash bo'yicha xizmatlarning keng ko'lami.

AT infratuzilmasiga xizmat ko'rsatish

AT infratuzilmasini joylashtirish, ta'minlash va ishini nazorat qilish, shuningdek, butun axborot tizimini yoki uning jarayonlarining bir qismini boshqarish.

Xizmat sifatida dasturiy ta'minot

Dasturiy ta'minotni xizmat sifatida taqdim etish. Uskunalar va dasturiy yechimlarni o'rnatish, yangilash va texnik xizmat ko'rsatish.

Ekvayring tarmoqlarining autsorsingi

Ekvayring tarmoqlarining ishlashi, ularga xizmat ko'rsatish va rivojlanishini ta'minlash. POS-terminallarni o'rnatish va ularga texnik xizmat ko'rsatish, nosoz POS-terminallarni ta'mirlash va almashtirish.

Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish

Chakana savdo sohasi va boshqa biznes turlari uchun maxsus dasturiy ta'minotni ishlab chiqish. Kerakli integratsiyalash va joriy etishni amalga oshirish.

Konsalting

Kompaniyalarga AT sohasiga tikilgan sarmoyalardan olinadigan daromadlarini oshirishga va xavflarni yanada samarali boshqarishga yordam beradigan xizmatlar to'plami. Loyihani rejalashtirish va sinovdan o'tkazish bosqichida, shuningdek, yechimni ishlatish paytida zarur yordamni ta'minlash.

O'qitish

Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari xodimlarini asbob-uskunalar va dasturiy yechimlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish. Ixtisoslashgan mutaxassislarni sertifikatlash.

Bizning loyihalarimiz