Termoprinterlar

Zebra Technologies mobil kompyuterlar, shtrix-kod skanerlari, termoprinterlar va ularning sarf materiallarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya chakana savdo, elektron tijorat, logistika, sog’liqni saqlash, turli sohalarda ish jarayonlari va operatsiyalarini optimallashtirish uchun keng ko’lamli yechimlarni taklif etadi.

Qurilmaning texnik xususiyatlari

Mobil printerlar

QLn seriyadagi mobil printerlar shtrix-kodlar, yorliqlar, cheklarni bosib chiqarish imkonini beradi. Ular yengilligi va zarbaga chidamli dizayni, oddiyligi va ishlatilishi qulayligi bilan ajralib turadi. Ma'lumotlarni qayta ishlashning yuqori tezligi, xotira hajmining kattaligi va aksessuarlar tanlovinig kattaligi tufayli QLn printerlari yuqori unumdorlik va foydalanishning samaradorligini ta’minlaydi.

Sanoat printerlari

ZT411 seriyasidagi sanoat printerlari og'ir sharoitlarda ishlatishga mos keladigan mustahkamligi oshgan ishonchli qurilmalardir. Samaradorligining yuqoriligi tufayli ular nafaqat chakana savdoda, balki sanoat, logistika va boshqa sohalarda ham qo'llanilishi mumkin.

Stol printerlari

ZD410 va TLP 2824 Plus seriyasidagi stol printerlari shtrix-kod yorliqlari, cheklar, bilaguzuklar va RFID nishonlarini bosib chiqarish uchun ixcham, ishlatish uchun qulay va chidamli qurilmalardir.

To'liq to'plam tarkibi va ma'lum qurilmalarning mavjudligi hududiga qarab farq qilishi mumkin. Maslahat olish va uskunaning to'liq portfoliosi hamda chakana savdoni amalga oshirish uchun yechimlar bilan tanishib chiqish uchun bizning vakilimiz bilan bog'laning.

Emil Musaev

Chakana savdo uchun uskunalarni sotish bo'limi rahbari

Bizning loyihalarimiz