Face Recognition

Face Detection va Face Recognition – bu ATMeye.iQ oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmasining xavfsizligini ta’minlash uchun dasturiy platformasi asosida ishlaydigan bank sohasi va chakana savdo sohasi uchun biometrik yechimlardir.

Face Detection biometrik yechimi operatsiya o’tkazilayotgan paytda odam terminal qarshisida turganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Yuzni aniqlash funksiyasi bankning videokamera bilan jihozlangan har qanday o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmasida amalga oshirilishi va firibgarlik harakatlarining oldini olish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.

Face Recognition yuzni tanish biometrik yechimi oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalarida avtorizatsiya qilish uchun shaxs tasviridan foydalanish imkonini beradi va ham asosiy, ham qoʻshimcha avtorizatsiya vositasi sifatida namoyon bo’lishi mumkin.

Yechimning ustunliklari

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalarida pul muomalasini o'tkazish paytida xavfsizlik darajasini oshirish

Xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash

Mijozlarga xizmat ko'rsatish vaqtining qisqarishi

Bankning mijozlari bo'lmagan shaxslarni aniqlash

Qo'llanish sohalari

Firibgarlikning oldini olish

Face Detection terminal tarmoqlarini ma'lum turdagi mantiqiy hujumlardan himoya qilishi mumkin. Agar Face Detection yordamida tranzaksiya boshlanishida bankomat oldidagi shaxs aniqlanmasa, terminal xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi. Agar biron sababga ko'ra bankomat foydalanuvchisi yuzini kameralardan yashirsa (masalan, u o'g'irlangan kartadan foydalanmoqchi bo'lsa), unda quyidagi stsenariylardan birini amalga oshirish mumkin: terminalni o'chirish, foydalanuvchiga ogohlantiruvchi xabar yuborish, xavfsizlik xizmatiga tashvishli xabar yuborish va boshqalar. Bundan tashqari, Face Recognition funksiyasidan foydalangan holda biometrik avtorizatsiya mijoz uchun ikki faktorli autentifikatsiya jarayonini amalga oshirish va bank kartalaridan foydalanish bilan bog‘liq xavflarning (skimming, trapping va boshqalar) oldini olishga imkon beradi.

Multiple Face detection

Multiple Face Detection qo'shimcha funksiyasi hozirda terminal qurilmasi oldida nechta odam borligini aniqlash imkonini beradi. Agar tizim bir nechta odamni topsa, u holda oldindan belgilangan stsenariylardan biri ishga tushadi: terminal ekranida davom ettirishni talab qiluvchi ogohlantirish xabari paydo bo'ladi yoki xizmat ko'rsatishdan bosh tortish stsenariysi faollashtiriladi va xavfsizlik xodimiga xabar beriladi. mazkur variant begona shaxslar tomonidan PIN-kodni o'g'irlash xavfini kamaytirishga imkon beradi.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalaridan foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmasidagi Face Recognition tufayli moliya tashkiloti mijozlarini qo'shimcha to'lov vositalaridan foydalanmasdan avtorizatsiya qilish amalga oshirilishi mumkin. Bu nafaqat terminalda xizmat ko'rsatish vaqtini qisqartiradi, balki foydalanuvchilarni o'zlari bilan karta olib yurish, PIN kodni eslab qolish va hokazolardan xalos qiladi. Bankomatlarda foydalanuvchilarni yuziga qarab avtorizatsiya qilish ham bir qator firibgarlik harakatlarining (masalan, birovning kartasidan foydalanish) oldini olishga yordam beradi.

Xodimlar va naqd pul yiguvchilarni avtorizatsiya qilish

Yuzni tanib olish va boshqa biometrik identifikatsiyalash usullari nafaqat mijozlarga avtorizatsiya qilish, balki terminal parkiga xizmat ko‘rsatuvchi servis xodimlari va inkassatorlarning shaxsini tasdiqlash uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Biometrik avtorizatsiya tartibi ish boshlashdan oldin har bir muayyan xodim uchun terminal majmuasining uskunalari va dasturiy ta'minotiga kirish darajasini belgilaydi.

Nizoli vaziyatlarni tezda hal qilish

ATMeye.iQ dasturiy yechimi doirasida foydalanuvchilarning yuzlari haqidagi maʼlumotlar tranzaksiyaga havola qilingan holda saqlanadi, yaʼni kerak boʻlganda maʼlumotlar bazasida maʼlum bir operatsiyani bajargan shaxsning yuzi tasvirini topish mumkin. Bu o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallari foydalanuvchilari bilan nizolarni hal qilishni tezlashtirish imkonini beradi, chunki bu ma'lumotlar bazasidan tranzaksiya haqida kerakli ma'lumotlarni topish uchun ketadigan vaqtni qisqartiradi.

Kredit berishni avtomatlashtirish

Biometrik ma’lumotlarni yig‘ish tizimlari bilan integratsiya o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarida kreditlar va mikrokreditlar berish tartibini avtomatlashtirish imkonini beradi. Tizim biometrik profillari biriktirilgan qarzdorlarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish imkoniyatlarini taqdim etadi, undan bank kredit skoring bosqichida oʻz xatarlarini imkon qadar kamaytirish uchun foydalanishi mumkin.

Yechimlarni yetkazib berish formatlari

Shaxsiy tizim

Mijoz dasturiy ta'minot paketi va zarur qo'shimcha uskunalar to'plamini mulk sifatida sotib oladi. Dasturiy yechim mijozning infratuzilmasida joylashtiriladi.

Yechimni ijaraga olish

Mijoz zarur dasturiy ta'minot komponentlari va uskunalaridan ijara asosida foydalanadi. Dasturiy yechim BS/2 infratuzilmasida joylastiriladi.

Dasturiy ta'minot xizmat sifatida

Mijoz BS/2 kompaniyasiga terminal tarmog'ining video monitoringini va hodisalar haqida hisobot berishni autsorsing qilishga beradi.

Barcha dasturiy ta'minot yechimlari

Bizning loyihalarimiz

Bizning jamoamiz kompaniyangiz uchun qaysi mahsulotlar eng ko'p mos kelishi haqida tavsiyalar olishga yordam beradi. "Biz bilan bog'laning" tugmasi orqali bizga xabar yuboring.

Kirill Ovsyannikov

Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari