Vynamic™ View

Vynamic™ View dasturiy platformasi oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadigan qurilmalar parkini boshqarishga har tomonlama yondashuvni taqdim etadi, terminallar va alohida tugunlarning texnik holatini markazlashtirilgan holda kuzatish, dasturiy taʼminotni masofadan oʻrnatish va sozlash, shuningdek, qurilmalarda sodir boʻlayotgan hodisalar haqida toʻliq maʼlumot olish imkonini beradi: tranzaksiyalar, nosozliklar, turli hodisalar.

Vynamic™ View jahonning eng yirik ishlab chiqarish kotxonalarining turli xil uskunalari bilan bitta interfeysda ishlash imkonini beradi.

Platforma bir nechta modullardan iborat bo’lib, ularning har biri maxsus operatsion vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan.

Yechimning ustunliklari

Bankomatlarning texnik imkoniyatlari ko'rsatkichlarini oshirish

Bankomatlarga texnik xizmat ko'rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish

Yangilanishlarni avtomatlashtirish va dasturiy ta'minot versiyasini boshqarish

Komponentlar va ehtiyot qismlarni hisobini boshqarish samaradorligini oshirish

Baqnkomat xavfsizligi stsenariylarini avtomatlashtirish

Bankomatlar parkining ishlashi bo'yicha tahliliy ma'lumotlarning vizualizatsiyasi

Funktsional imkoniyatlar

Har tomonlama texnik monitoring

Tizim oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallarining ishlashi va texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash imkonini beradi.

Texnik xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish

Vynamic™ View yechimi texnik muammolarning muhim qismini masofadan turib hal qilish va xizmat ishlarini keyinchalik tayinlash uchun hodisa haqida tezkor ma'lumot olish imkonini beradi.

Bankmatni masofadan turib boshqarish

Dasturiy ta'minot platformasi qurilmalar guruhlarini yoki alohida terminallarni masofadan turib boshqarish imkonini beradi (masalan, bankomatni qayta ishga tushirish yoki uni xizmat ko'rsatish holatiga o'tkazish va hokazo).

Dasturiy ta'minotning markazlashtirilgan yangilanishi

Yechim tizimga ulangan barcha o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalarida dasturiy ta'minotni markazlashtirilgan tarzda o'rnatish va yangilash imkonini beradi.

Fayl uzatish boshqaruvi

Tizimda markazlashtirilgan ma'lumotlarni uzatish qurilmalardan elektron jurnallarni yuklab olish, shuningdek, turli xil fayllarni yuklab olish imkonini beradi: foydalanuvchi interfeyslari uchun grafikalar, reklama lavhasi, videolar va boshqalar.

Bankomatlarni ishlatish tahlili

Yechim hodisa haqida tarixiy ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi, bu esa ulardan hisobot berish va uskunaning nosozliklari prognozini shalkllantirish uchun foydalanish imkonini beradi.

Yechimlarni taqdim etish formatlari

Shaxsiy tizim

Mijoz dasturiy yechimni, uning bir yoki bir nechta alohida modullarini sotib oladi va uni o'z tizimiga joylashtiradi.

Yechimni ijaraga olish

Mijoz yechimning zarur dasturiy komponentlaridan ijara asosida foydalanadi, bunda dasturiy ta'minotning o'zi esa BS/2 infratuzilmasida joylashtiriladi.

Dasturiy ta'minot xizmat sifatida

Mijoz o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalari parkini boshqarishni BS/2 ga topshiradi.

Barcha dasturiy ta'minot yechimlari

Bizning jamoamiz kompaniyangiz uchun qaysi mahsulotlar eng ko'p mos kelishi haqida tavsiyalar olishga yordam beradi. "Biz bilan bog'laning" tugmasi orqali bizga xabar yuboring.

Kirill Ovsyannikov

Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari