Vynamic™ Security

Vynamic™ Security – bu oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalarini har qanday turdagi buzib o’g’irlash, xakerlik hujumlari va boshqa tahdidlardan keng qamrovli himoya bilan taʼminlovchi dasturiy yechim.

Bankomatlarga uytushtiriladigan mantiqiy hujumlar soni va ulardan ko’rilgan zarar yil sayin ortib bormoqda. Vynamic™ Security dasturiy yechimi toʻrtta alohida moduldan iborat boʻlib, ularning har biri terminallarni har xil turdagi hujumlardan himoya qiladi. Shunday qilib, Vynamic™ Security bir vaqtning o’zida bir nechta xavfsizlik modullarining ishlashi hisobiga o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish infratuzilmasiga uyushtiriladigan potentsial hujum qilish yuzasini kamaytirishga imkon beradi. Bunda, agar ulardan biri buzilgan bo’lsa, qolgan modullar terminal qurilmalaringiz parkini kerakli himoya bilan ta’minlab ishlashda davom etadi.

Yechimning ustunliklari

Ichki va tashqi firibgarlikning oldini olish

Terminal tarmoq xavfsizligini ta'minlash jarayonlarini birlashtirish

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalari parkiga ega bo'lish jami xarajatlarini kamaytirish

Funktsional imkoniyatlar

Terminal tarmog'ini zararli dasturlardan himoya qilish

Intrusion Protection dasturiy moduli terminal tarmog'ini barcha turdagi zararli dasturlarning bankomat kompyuteriga kirib kelishidan himoya qiladi. Funktsional imkoniyatlar

  • Zararli dasturiy ta'minotlardan himoya
  • USB portlarini boshqarish
  • Tarmoq va ma'lumotlarni uzatish himoyasi
  • Oq ro'yxat texnologiyasi
  • Tizim yaxlitligi nazorati
  • O'ta faol monitoring

Foydalanuvchi xatti-harakatlari nazorati

Access Protection dasturiy moduli kirish huquqidan noqonuniy foydalanish holatlarida bankomat kompyuterini himoya qiladi va tizimdagi foydalanuvchilarning harakatlarini nazorat qiladi. Funktsional imkoniyatlar

  • Kirish huquqlarini cheklash
  • Avtorizatsiya jarayonini osonlashtirish
  • Operatsion tizimning zaifligi nazorati
  • Faervol ishlashini boshqarish

Bankomat qattiq diskidagi ma'lumotlar himoyasi

Hard Disk Encryption dasturiy moduli, hatto qurilma o'chirilgan bo'lsa ham, bankomat kompyuterining qattiq diskida saqlanadigan maxfiy ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini oladi. Funktsional imkoniyatlar

  • Ma'lumotlarni himoya qilish
  • Kirish himoyasi
  • Ishonchli shifrlash
  • Qattiq disk ish qobiliyati monitoringi

Texnik infratuzilma himoyasi

Fraud Detection dasturiy moduli katta hajmdagi tranzaksiya ma’lumotlarini qayta ishlaydi, bu esa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalaridagi shubhali tranzaktsiyalarni aniqlash, shuningdek, butun texnik infratuzilmani o'ta faol himoya qilishni ta’minlash imkonini beradi. Funktsional imkoniyatlar

  • Ilgari noma'lum bo'lgan zaifliklarni topish
  • Pul mablag'larini qonuniylashtirishga qarshi kurash
  • Qurilma ishlashidagi anomaliyalarini kuzatish
  • Xatarlarni baholashni avtomatlashtirish

Yechimlarni taqdim etish formatlari

Shaxsiy tizim

Mijoz dasturiy yechimni, uning bir yoki bir nechta alohida modullarini sotib oladi va uni o'z infratuzilmasiga joylashtiradi.

Yechimni ijaraga olish

Mijoz yechimning zarur dasturiy komponentlaridan ijara asosida foydalanadi, bunda dasturiy ta'minotning o'zi esa BS/2 infratuzilmasida joylashtiriladi.

Dasturiy ta'minot xizmat sifatida

Mijoz xizmat sifatida yechimning kerakli funksionalligini yoki uning alohida qismlarini oladi.

Barcha dasturiy ta'minot yechimlari

Bizning jamoamiz kompaniyangiz uchun qaysi mahsulotlar eng ko'p mos kelishi haqida tavsiyalar olishga yordam beradi. "Biz bilan bog'laning" tugmasi orqali bizga xabar yuboring.

Kirill Ovsyannikov

Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari