30 yildan ortiq vaqt davomida biz banklar, moliya tashkilotlari hamda savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot va texnologik yechimlarni yaratib kelmoqdamiz. BS/2 dasturiy yechimlari butun jahondagi kompaniyalar va moliya tashkilotlariga biznes jarayonlarini tashkil qilish, avtomatlashtirish va imkon qadar yaxshilash, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mijozlarga yangi xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi.
BS/2 jahondagi eng yirik bank uskunalari ishlab chiqarish korxonasi Diebold Nixdorfning rasmiy vakilidir. Biz Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida Diebold Nixdorf uskunalarini sotish, yetkazib berish va texnik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanamiz.
Kompaniya Penki kontinentai kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi va dunyoning 80 mamlakatida o’z xizmatlarini taqdim etadi.
Penki kontinentai kompaniyalar guruhi davlat idoralari, moliya tashkilotlari, tijorat kompaniyalari va jismoniy shaxslar uchun innovatsion texnologik yechimlarni yaratish uchun yuzlab malakali mutaxassislarni birlashtiradi.
Biz mijozlarimizning jahon bozorida muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo’shadigan eng ilg’or va innovatsion yechimlarni taqdim etish orqali texnologik taraqqiyotga ko’maklashamiz va kundalik hayot sifatini yaxshilaymiz. Mijozlarimizning asosiy ehtiyojlariga e’tibor qaratgan holda, biz ularning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi uchun eng samarali vositalarni taqdim etamiz.
Bizning vazifamiz mijozlarimizga o'z biznesini rivojlantirishga e'tibor qaratish imkonini beruvchi innovatsion yechimlarni taqdim etishdan iborat.
Biz eng yaxshi bank texnologiyalari kompaniyasi bo'lishga intilamiz va mijozlarimizning jahon bozorida muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo'shadigan eng ilg'or yechimlarni taklif qilamiz.
Bizning bosh qadriyatimiz insonlardir. Biz jamoamizning har bir a'zosini qadrlaymiz, ularning kasb mahorati yuqori ekanligiga ishonamiz va har qanday muammolarni birgalikda hal qilamiz.
BS/2 mijozlari o'zlarining biznes jarayonlarini imkon qadar yaxshilash va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga intiladigan moliya tashkilotlari, chakana savdo korxonalari, xizmat ko'rsatish va naqd pul yig'ish xizmatlari hisoblanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Iltimos, ma'lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz tez orada bog'lanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Obuna boʻlish uchun ushbu shaklni toʻldiring.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.