QR-Pay yordamida bankomatdan kartasiz naqd pul yechib olish

Bugungi kunda ko’plab foydalanuvchilar uchun bankni tanlashda uning xizmatlaridan foydalanish qanchalik qulayligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mijozlar sodiqligi uchun kurashishda moliyaviy muassasalar o’z mijozlariga odatdagi amaliyotlarni avvalgidan ko’ra osonroq va tezroq bajarishga imkon beruvchi texnologiyalarni joriy qilmoqdalar va undan foydalanmoqdalar.

Shu bilan birga, COVID-19 pandemiyasi so‘nggi yillarda raqamli bankingning eng ko‘p muhokama qilinayotgan trendlaridan biri – mobil bank mobil ilovalarini rivojlantirishni keskin tezlashtirdi. App Annie ma’lumotlariga ko’ra, odamlar 2020 yilda moliyaviy tashkilotlar ilovalariga o’rtacha 45% ko’proq vaqt sarflay boshladilar. Mijozlarga raqamli va mobil banking uchun yangi imkoniyatlar taqdim etish hisobiga ularni jalb qilgan va saqlab qolgan holda banklar o’z ilovalarining funksionalligi va qulayligini faol ravishda rivojlantirmoqda. Banklar tomonidan mobil ilova orqali taklif etilayotgan bunday xizmatlardan biri QR kod bo’yicha xizmatlar taqdim etishdir.

QR Pay nima?

QR-Pay – bu bank mobil ilovasi foydalanuvchilariga kartadan foydalanmasdan bankomatdan naqd pul yechib olish imkonini beruvchi yechimdir.

Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi bankning mobil ilovasi yordamida bankomatda yaratilgan QR kodni skanerlaydi. Keyin u ilovada amaliyot miqdori va valyutasini, shuningdek, o’ziga kerak bo’lgan banknotlarning nominallarini tanlaydi. Foydalanuvchi ushbu ma’lumotlarni ilovada tasdiqlaganidan so’ng, bankomat bir martalik parolni yaratadi, foydalanuvchi uni o’z mobil telefonidagi ilovaga kiritadi, shundan so’ng bankomat kerakli mablag’ni beradi.

Bu eng keng tarqalgan, ammo yagona jarayon emas va bankning xohishiga ko’ra o’zgartirilishi mumkin.

QR-Pay yechimi protsessing markazi ishiga aralashmasdan, QR kod yordamida bankomat orqali naqd pul yechib olish funksiyasini amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, bankomatda yaratilgan QR kodidagi ma’lumotlar shifrlangan va uchinchi tomonning QR kodlarini skanerlovchi ilovasi bilan uni o’qib bo’lmaydi.

QR-Pay’ning muhim afzalligi shundaki, u qo‘shimcha uskunalarni (QR-kod skanerlari va boshqa periferik qurilmalar) o‘rnatishni talab qilmaydi. Bundan tashqari, QR-Pay bankomatdan kontaktsiz pul yechib olish imkonini beradi, har doim yoningizda bank kartasi bo‘lish, undagi PIN-kodni eslab qolish zaruratidan ozod qiladi va hokazo.

Payments.iQ bankomatlar funksional imkoniyatlarini kengaytirish uchun

QR-Pay yechimi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bank qurilmalarini boshqarish imkoniyatini beruvchi Payments.iQ dasturiy platformasidan foydalangan holda bankomatlarda amalga oshirilishi mumkin. Payments.iQ to’lovlarni qabul qilish va har qanday turdagi elektron tovarlar va xizmatlarni bankomatlar va boshqa o’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan bank terminallari orqali sotish uchun to’liq funksionalli dasturiy yechimdir.

Bankomatda Payments.iQ yordamida QR kod bo’yicha naqd pul yechib olish funksiyasini amalga oshirish uzoq va qimmat integratsiya ishlarini talab qilmaydi va qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi mumkin. Aslida, bu moliya muassasasining muayyan vazifalariga osongina moslasha oladigan, ishlatishga tayyor  yechim. Shu bilan birga, Payments.iQ yechimining moslashuvchanligi tufayli bank mobil ilovalari foydalanuvchilari undan nafaqat naqd pul yechib olishning turli stsenariylarini, balki QR kodli va QR kodsiz boshqa xizmatlarni ham amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin:

  • naqd pul qo’yish (hisob raqamiga o’tkazish)
  • pul o’tkazmalari
  • har qanday turdagi elektron tovarlar va xizmatlar uchun to’lov
  • bojlar, jarimalar va soliqlarni to’lash

Payments.iQ dasturiy platformasi shuningdek, amaliyotlar hisobini yuritish, hisobot hujjatlarini tayyorlash, chakana bank faoliyatini avtomatlashtirish va bankning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari tarmoqlarini boshqarish uchun vositalar to’plamini taqdim etadi.

Afzalliklari

Mijozlarga xizmat ko'rsatish vaqtining qisqarishi

Naqd pul berish jarayonining soddalashuvi

Bank mobil ilovasining qiymatining oshishi

Qurilma bilan jismoniy aloqaning yo‘qligi (COVID-19 darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu muhim)

Mijozlar ishonchining o'sishi

Ko'p darajali autentifikatsiya hisobiga amaliyotlar xavfsizligining yuqori darajasi

Tegishli mahsulotlar

Bizning loyihalarimiz