Chakana savdo sohasida mijozlarga xizmat ko’rsatishni optimallashtirish

Tahlilchilarning ma’lumotiga ko’ra, keyingi 10 yil ichida an’anaviy chakana savdo eng tez o’zgaruvchan biznes sohalaridan biriga aylanadi. Onlayn raqobatchilarning bozorga tez kirishi, yangi savdo formatlari va to’lov usullarining paydo bo’lishi va yangi rivojlanayotgan bozorlar chakana savdo korxonalaridan biznes strategiyalarini doimiy ravishda kuzatib borish, baholash va kerak bo’lganda qayta ko’rib chiqishni talab qiladi. Shuning uchun bugungi kunda bozor peshqadamlari biznesning o’zgaruvchanligi va moslashuvchanligiga e’tibor berishadi. Chakana savdo tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishining kaliti nafaqat bozor dinamikasini tushunish va oldindan bilish qobiliyati, balki o’z biznesini o’zgaruvchan bozor talablariga tezda moslashtirish qobiliyatidir.

Shu bilan bir paytda, rivojlanish strategiyasini tanlashda mijoz chakana savdo tashkilotlarining asosiy nishoniga aylanadi. O’z qiziqishlari va xohishlaridan kelib chiqib, savdo tarmog‘i qayerda yangi do‘konlar ochish, ularni qanday jihozlash, tokchalarga qanday mahsulotlar qo‘yish, to‘lovni qanday qabul qilish va yetkazib berish, shuningdek, iste’molchiga qanday qo‘shimcha xizmatlar taklif etishni tanlaydi. Bu omillarning barchasi ijobiy xarid tajribasining shakllanishiga ta’sir qilib, Shep Hyken tadqiqotlariga ko’ra, iste’molchi shu brend bilan munosabatlarini davom ettiradimi yoki yo’qligini aniqlash masalasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Xaridorning umidlarini oqlash uchun chakana savdo tarmoqlari o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kanalini rivojlantirishga urg’u berib, yangi texnologik landshaftni yaratishga faol sarmoya kiritmoqda. Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish g’aznalari va mahsulotlarni mustaqil skanerlovchi mobil ilovalar kabi yechimlardan foydalanish chakana sotuvchilarga nafaqat mijozlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarini optimallashtirish, balki ularga optimal tajribani taqdim etish imkonini berib, shu orqali brendga sodiqlikni oshiradi va yangi mijozlarni jalb qiladi.

Optimizatsiyalash nuqtalari

Mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonini optimallashtirish

Mijoz tajribasini shaxsiylashtirish

Xizmat ko'rsatish sifati va tezligini oshirish

Chakana savdo shoxobchalari xodimlari uchun ish jarayonlarini optimallashtirish

Savdo maydonini tashkillashtirish

Bugungi kunda odamlar savdo shoxobchasida bo’lish vaqtlarini iloji boricha qisqartirishga intilishadi. Diebold Nixdorf buyurtmasiga muvofiq oziq-ovqat do’koniga tashrif buyuruvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, xaridorlar uzoq muddat iste’mol qilinadigan xaridlarga o’rtacha 50 daqiqa, bir necha kunlik oziq-ovqat mahsulotlariga 24 daqiqa va darhol iste’mol qilinadigan mahsulotlarga bor-yo’g’i 16 daqiqa sarflashadi.

Xaridorlar do’konlarda o’tkazishga tayyor bo’lgan vaqt qisqarganligi sababli, chakana savdo korxonasining asosiy maqsadi chakana savdo hududi va xaridorning harakatlanish yo’li shunday tashkil qilinsinki, natijada do’konga tashrif buyuruvchi o’ziga kerak bo’lgan barcha narsalarni iloji boricha tezroq topsin. Savdo tashkilotining yana bir muhim vazifasi barcha iste’molchi bilan uchrashish joylarining, shu jumladan g’aznaga xizmat ko’rsatish hududining (g’azna uskunalari, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimlari va boshqalar) uzluksiz ishlashini va mavjudligini ta’minlashda iboratdir.

Mijozlarga g'azna tomonidan xizmat ko'rsatish

Hozirgi kunda savdo tashkilotlarining kassa uskunalariga bo’lgan talablari doimiy ravishda oshib bormoqda. Ular turli muhitlarda keng ko’lamli ulanish, integratsiyalashish va ishlashi uchun keng imkoniyatlarni taqdim qiluvchi va mijozlarga tez va uzluksiz xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi texnik xizmat ko’rsatish oson bo’lgan qurilmalar va yechimlar bo’lishi kerak. Biroq, zamonaviy g’azna uskunalari savdo tashkilotining boshqa vazifalarini ham hal qilishi kerak: masalan, soliq organlariga savdo to’g’risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda topshirishni ta’minlash, mijoz sodiqligi tizimlarining ishlashini qo’llab-quvvatlash, mijozlarga kommunal to’lovlar, jarimalar, bojlarni do’kon g’aznasida va boshqa joylarda to’lash imkoniyatini taqdim etish.

Shu bilan bir paytda, bugungi kunda tobora ko’proq mijozlar xodimlar bor an’anaviy g’aznalarga qaraganda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan g’aznalarni afzal ko’rishmoqda. Bunda, Nielsen ma’lumotlariga ko’ra, xodimlari bor g’aznalarni afzal ko’rgan xaridorlarning 48% u yerda navbat kamroq bo’lgani uchun o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish g’aznalarini tanlashadi. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish g’aznalari xodimlar ish yuklamasini kamaytirish, savdo hududidan optimal foydalanish va mijozlarga kutilgan foydalanuvchi tajribasini taqdim etish imkonini beradi.

Xodimlarning ish jarayonlarini imkon qadar yaxshilash. Xizmat ko'rsatish sifati va tezligini oshirish

Diebold Nixdorf buyurtmasiga muvofiq oziq-ovqat do’konlari xaridorlari o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, xarid qilish paytida eng bezovta qiluvchi narsa, bu navbatda turish (37%) va kerakli narsalarning yo’qligi (36%) hisoblanadi. Ko’pgina hollarda, bu muammolarni ichki ish jarayonlarini optimallashtirish hisobiga hal qilish mumkin.

Zamonaviy mobil qurilmalar tufayli do’kon menejeri birinchi navbatda to’ldirilishi kerak bo’lgan narsalarni qayd etib, kun davomida mahsulotlarning sotilish darajasini tahlil qilishi mumkin. Shuningdek, menejer do’kon xodimlari uchun maqbul ish jadvalini yaratish va zarur hollarda qo’shimcha xodimlarni jalb qilish uchun mijozlar oqimi qachon ko’payishini ko’rishi mumkin. Bu nafaqat tokchalarni to’ldirish uchun ketadigan vaqtni kamaytiradi, balki biznesga egalik qilishning umumiy qiymatini ham pasaytiradi. Bundan tashqari, mobil qurilmalar narxlarni tekshirish, shtrix-kodlarni skanerlash, mijozlar oqimini taqsimlash va boshqa do’kon xodimlari bilan muloqot qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Oson integratsiya va ulanishning keng imkoniyatlari [high connectivity]

Chakana savdo tashkilotlari muntazam ravishda yangi texnologiyalar va uskunalarni o’z infratuzilmasiga integratsiya qilish zarurati bilan duch kelishadi. An’anaviy (oflayn) savdo vakillari buni mavjud texnologik landshaftga kiritilgan sarmoyalarni saqlab qolish uchun buni ehtiyotkorlik bilan bajarishlari kerak. Ko’pincha yangi yechimlarni birlashtirishning murakkabligi innovatsiyalar yo’lida ulkan to’siq bo’ladi.

Ulanishning yuqori imkoniyatlari savdo tashkilotiga turli xil yechimlar va uskunalar yetkazib beruvchisi bilan hamkorlik qilish strategiyasini tanlash imkonini beradi va yechimlari ushbu strategiyaga mos keladigan yetkazib beruvchilarni tanlashda maksimal erkinlik bilan ta’minlaydi. Ochiq texnologiyalarni qabul qilish muhim, chunki hech bir yetkazib beruvchi xaridorlarning savdo shoxobchasiga tomon eng maqbul yo’lini yaratish uchun zarur bo’lgan barcha texnologiyalarni monopoliyalashtirishga qodir emas. BS/2 tomonidan taqdim etiladigan barcha yechimlar savdo korxonasining mavjud infratuzilmasiga osongina integratsiya qilinishi mumkin, chunki ular jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalari yechimlari bilan mos keladi.

Ustunliklar

Xaridorlarni tegishli tajriba bilan ta'minlash

Ish jarayonini optimallashtirish

Chakana savdo tarmog'iga egalik qilishning umumiy qiymatini kamaytirish

Mijozlar sodiqligining oshishi

Yangi mijozlarni jalb qilish

Mavjud texnologik landshaftga oson va tez integratsiya qilish

Yechimni joriy etishda moslashuvchanlik