Terminal infratuzilmasi auditi va strategik rejalashtirish

Bank yoki boshqa tashkilot uchun o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kanalini ishlab chiqish strategiyasini ishlab chiqishda nafaqat operatsion faoliyatning bir qismini o’z zimmasiga oladigan, balki qo’llaniladigan biznes modelining asosiy bosqichlarini rejalashtirishda yordam beradigan hamkorning yordami kerak bo’lishi mumkin.

BS/2 kompaniyasi tashkilotning terminal infratuzilmasi auditini o’tkazib, u yakunlangach uning ish faoliyatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi. Bu eng kam sarmoyalar kiritganda qo’llaniladigan texnologik yechimlarning maksimal samaradorligiga erishish imkonini beradi.

Biz nimani taklif qilamiz

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kanali ishining samaradorligini tahlil qilish.
Uskunalar va dasturiy yechimlarni tanlash bo'yicha maslahatlar.
Yechim va xizmatlar yetkazuvchilari bilan shartnomalar tuzish bo'yicha muzokaralar olib borish, xaridlarni rejalashtirish.
Tavsiyalarni shakllantirish va to'laqonli rivojlanish strategiyasini tayyorlash.

Nega BS/2

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kanali va uskunaning ishlashini ta'minlash bilan bog'liq ma'muriy va operatsion xarajatlarni minimallashtirish

Mutaxassislarni tayyorlash va sertifikatlash uchun qilinadigan xarajatlarning yo'qligi

Infratuzilmaga egalik qilishning umumiy qiymatini kamaytirish

Uzoq muddatli istiqbolda xarajatlar va sarmoyalarning shaffofligi va ularni oldindan bilish imkoniyati

Qayta ishlanadigan ma'lumotlar hajmini kamaytirish

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kanalining asosiy operatsion ko'rsatkichlarining o'sishi

Sanoat standartlariga muvofiq keladigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

Tashkilotning asosiy ixtisosi bo'yicha ish faoliyatiga resurslarni to'plas

Bizning xizmatlarimiz

Biz moliya sektoridagi banklar va boshqa tashkilotlarning terminal infratuzilmasi haqida g'amxo'rlik qilamiz.

Sertifikatlar

BS/2 har yili ITIL V3, ISO-20000 va ISO-27001 standartlariga mos kelishi bo’yicha sertifikatsiyadan o’tadi.

BS/2 dasturiy mahsulotlari dunyo miqyosida tan olindi va bir qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi.

BS/2 butun dunyo boʻylab oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadigan bank sanoatini ifodalovchi yetakchi notijorat savdo tashkiloti ATMIA xalqaro assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi.

Special Achievement Banking 2019
Metų paslauga 2018
Innovation SPIRIT Banking 2018
Product of the Year 2017
Special Achievement Banking 2017
Best Banking Solution 2016
Inovacijų prizas 2016
Special Achievement Banking 2013/2014
Best Service Banking 2013/2014