O‘zbekiston moliya bozorida POS-terminallar tarmog‘ini boshqarish va tranzaksiyalarni marshrutlashda yangicha yondashuv

Mijoz

O‘zbekiston Respublikasi Yagona protsessing markazi (O’RYPM) mamlakat banklari va xalqaro to‘lov tizimlarini birlashtiruvchi vositachi vazifasini bajaruvchi banklararo protsessing markazidir. O’RYPM Uzcard milliy toʻlov tizimining operatori boʻlib, ushbu tizimning 17 milliondan ortiq plastik kartalariga xizmat koʻrsatadi, Oʻzbekistonning 30 ta bankiga va bir qator toʻlov tizimlariga (PayMe, Click, Uzpaynet va boshqalar) xizmat koʻrsatadi. Bugungi kunda Uzcard kartasi foydalanuvchilari 250 000 dan ziyod POS-terminallardan foydalangan holda mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin, shuningdek, 6 800 dan ziyod bankomat va ma’lumot olish shoxobchalarida xizmat ko’rsatish amalga oshirilmoqda.

2017 yildan boshlab kompaniya O‘zbekistonda Mastercard xalqaro to‘lov tizimi xizmatini ko’rsatib kelmoqda.

Amalga oshirilgan yechim

POS-terminallar tarmog’ini boshqarish va tranzaksiyalarni O’RYPM infratuzilmasiga marshrutizatsiya qilish uchun TransLink.iQ dasturiy yechimi kiritildi.
TransLink.iQ ishi doirasida POS-terminal funktsiyalarining asosiy to’plamiga qo’shimcha sifatida savdo korxonalarida o‘rnatilgan to‘lov terminallarida Uzcard to‘lov tizimi kartalari uchun pin-kodni o‘rnatish va almashtirish, kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlash (texnik imkoniyatlar bilan ta’minlangan terminallarda) va ba’zi boshqa xususiyatlar imkoniyati qo’shildi.

Shuningdek, POS-terminallaridan ham kartalar, ham naqd pul bilan ishlaydigan tranzaksiyalarni fiskalizatsiya qiladigan nazorat g’aznamashinalari (NKM) sifatida foydalanish imkoniyati amalga oshirildi.

Bundan tashqari, TransLink.iQ yechimi doirasida Visa, Mastercard, Mir va boshqa xalqaro va milliy to’lov tizimlari kartalarini qo’llab quvvatlash amalga oshirildi.

Yuklab olish

Biznes uchun foydasi

Uskunalarning funktsional imkoniyatlarini kengaytirish va ekvayring infratuzilmasini rivojlantirish

Ish jarayonlarini osonlashtirish va xarajatlarni kamaytirish

Ekvayring tarmog'ining rentabelligini oshirish

Kompleks monitoring va tahlil vositalari (tahliliy hisobot)

Katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashda va tizimni tezkor tiklashda tizim tayyorligining yuqori darajada bo'lishini ta'minlash

Kerakli xavfsizlik darajasini ta'minlash orqali ish jarayonlarini avtomatlashtirish

Loyiha tafsilotlarini oling

BS/2 kompaniyasi materiallariga qiziqqaningiz uchun raxmat. Biz siz bilan tajriba va bilimimizni baham ko'rishdan xursand bo'lamiz. Iltimos, faylni yuklab olish uchun shaklni to'ldiring.

Ushbu kontentga qiziqish bildirganingiz uchun tashakkur! Havola elektron pochta manzilingizga yuborildi.