Kassa uskunalari uchun tayanch tizimlari

BS/2 chakana savdo shoxobchalarida ish joylari uchun keng ko’lamli ergonomik yechimlarni taklif etadi: kronshteynlar, monitorlar, POS-terminallar, tashqi qurilmalar uchun mahkamlash moslamalari va tagliklar.

Zamonaviy mahkamlash tizimlari chakana savdo shoxobchalari egalariga kassa maydonidan unumli foydalanish, turli ishlab chiqarish korxonalarning jihozlarini naqd pul hisob-kitobi punktlarida ixcham va ergonomik joylashtirish hamda kassirlarning ish joylarida tartib va qulaylikni ta’minlash imkonini beradi.

Qurilmaning texnik xususiyatlari

Monitorlar uchun tutqich va mashkamlash moslamalari

VESA sanoat standartidan foydalangan holda ishlab chiqilgan monitor o'rnatish kronshteynlari barcha yetakchi ishlab chiqarish korxonalarining uskunalarini tez va oson o'rnatishni, ularni mustahkam qilib mahkamlashni ta'minlaydi va ergonomik talablarni hisobga olgan holda kassirning ish joyini tashkil qilish imkonini beradi. Ixcham kronshteyn ekranni o'rnatish uchun optimal balandlikni tanlash imkonini beradi, uning holatini qulay sozlashni ta'minlaydi. Tekis kronshteyn foydalanuvchiga nisbatan ekranning holatini moslashtirish, zarur hollarda, buyurtmani ko'rish uchun ekranni mijoz tomonga burash imkon beradi. Aylanadigan kronshteyn foydalanish paytida uni mijoz yoki ikkinchi operator tomonga aylantirish imkonini beradigan ekran uchun qo'shimcha harakatchanlikni ta'minlaydi.

POS terminal tutqichlari

Dinamik va ko‘p funksiyali POS terminallari uchun tutqichlari mijozlarga xizmat ko'rsatishni uzluksiz va qulayroq qilishga yordam bergan holda har qanday ishlab chiqarish korxonasi uskunasining ishonchli tarzda mahkamlanishi va qurilmalarning kerakligi harakatchanligini ta’minlaydi.

Qo'shimcha qurilmalar uchun tutqichlar

Mahkamlash tizimlari har xil turdagi kassa apparatlariga qo'shimcha qurilmalarni o'rnatish imkonini berib, shu bilan qurilmalarning funksionalligini kengaytiradi va ulardan foydalanishda zarur harakatchanlikni ta'minlaydi.

To'liq to'plam tarkibi va ma'lum qurilmalarning mavjudligi hududiga qarab farq qilishi mumkin. Maslahat olish va uskunaning to'liq portfoliosi hamda chakana savdoni amalga oshirish uchun yechimlar bilan tanishib chiqish uchun bizning vakilimiz bilan bog'laning.

Emil Musaev

Chakana savdo uchun uskunalarni sotish bo'limi rahbari

Bizning loyihalarimiz