Statsionar va dastaki skanerlar

Datalogic kompaniyasi shtrix-kod skanerlari, mobil kompyuterlar, mashinada ko’rish va lazerli yorliqlash tizimlari va boshqalarni loyihalash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, avtomatlashtirilgan ma’lumot yig’ish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bozorlarida jahon texnologiya yetakchisi hisoblanadi.

Datalogic kompaniyasidan Magellan statsionar va dastaki skanerlari ishonchliligi va unumdorligining yuqoriligi bilan mashhur. Ular kassa xizmatlarini avtomatlashtirish, hisob-kitob va kassa operatsiyalari vaqtini qisqartirish imkonini beradi.

Qurilmaning texnik xususiyatlari

Magellan 3450VSi statsionar skaneri ixcham korpusda bo'lib o'z toifasidagilar ichida 1D va 2D kodlarni skanerlashning eng yuksak uunmdorligi, o'ta ishonchliligi va universalligini taqdim etadi.

  • O’qish turi – 1D/2D-skanerlash
  • Ulanish interfeyslari – USB, RS232
  • O‘lchamlari – 137mm x 152mm x 94mm

Magellan 9400i statsionar skaner-tarozisi skanerga nisbatan mahsulotning istalgan holatidan (1D) chiziqli, (2D) ikki o'lchamli shtrix-kodlarin hamda Digimarc kodlarini oʻqiydigan samarali shtrix-kod skanerlarining yangi avlodidir.

  • O’qish turi – 1D/2D skanerlash
  • Ulanish interfeyslari – USB, RS-232
  • O’lchamlari – 102 mm x 130 mm x 292 mm

Magellan 9800i statsionar skaneri chiziqli va ikki o'lchamli shtrix-kodlarni o'qishda maksimal oʻtkazuvchanlik qobiliyatini ta'minlashga imkon beradigan yuqori samarali raqamli tasvirlash texnologiyasidan foydalanadi.

  • O’qish turi – 1D/2D skanerlash
  • Ulanish interfeyslari – USB, RS-232
  • O’lchamlari – 106 mm x 68 mm x 352 mm

Gryphon 4500 - bu g'azna xodimlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va chiziqli va ikki o'lchamli kodlarni tez skanerlash uchun ilg'or ko'p yo'nalishli o'qish texnologiyasidan foydalanadigan yuqori darajadagi dastaki skanerlar seriyasidir.

  • O’qish turi – 1D/2D skanerlash
  • Ulanish interfeyslari – USB, RS232
  • To’plamida skaner uchun taglik bilan birga keladi

QuickScan Lite QW2400 matritsali imidjli skaner - bu uzun va kesilgan chiziqli (1D) shtrix-kodlarni hamda katta ikki o'lchamli (2D) shtrix-kodlarni yaqin masofadan o‘qish uchun maxsus ishlab chiqilgan boshlang‘ich darajadagi qurilmadir.

  • O’qish turi – 1D/2D skanerlash, pochta kodlari, stekli kodlar
  • Ulanish interfeysi – USB, RS-232
  • To’plamida skaner va skaner tagligi bilan birga keladi
To'liq to'plam tarkibi va ma'lum qurilmalarning mavjudligi hududiga qarab farq qilishi mumkin. Maslahat olish va uskunaning to'liq portfoliosi hamda chakana savdoni amalga oshirish uchun yechimlar bilan tanishib chiqish uchun bizning vakilimiz bilan bog'laning.

Emil Musaev

Chakana savdo uchun uskunalarni sotish bo'limi rahbari

Bizning loyihalarimiz