Terminal POS tizimlari (All-in-one)

Diebold Nixdorf kompaniyasining monoblokli POS tizimlari – bu foydalanuvchi uchun ilg’or grafik interfeysi bor qulay va ergonomik universal sensorli to’lov terminal tizimlari bo’lib, ularga turli tashqi qurilmalarni ulash mumkin va g’azna xizmatini osonlashtirish uchun apparat va dasturiy yechimlar bilan osongina birlashtirishi mumkin.

Qurilmaning texnik xususiyatlari

BEETLE/iPOS plus SL – bu kattalik darajasi yuqori (14") keng formatdagi multi-sensorli ekranga ega bo‘lgan universal ixcham ko‘p funksiyali POS tizimidir. Tizim chakana savdo korxonalari, restoranlar, kafelar va boshqa oziq-ovqat xizmatlari ko'rsatish korxonalari uchun a'lo darajada mos kelib, turli xil to'plamlarda taqdim etilishi mumkin, bu esa savdo tashkilotining talablariga a'lo ravishda muvofiq keladigan qurilmani tanlash imkonini beradi.

  • Germetik muhrlangan ventilyatorsiz dizayn qurilmaning uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi.
  • Chang o’tkazmaydigan germetik muhrlangan korpus tizimning ichki qismini chang va axlatldan himoya qiladi.
  • Qurilmaning yuzasi suv tomchilaridan himoyalangan.
  • Chiroyli ergonomik dizayn.
  • Quvvatni tejaydigan Intel Apollo Lake / Kaby Lake U protsessor texnologiyasi operatsion xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
  • Svetodiodli yoritgichli energiya tejovchi displey.
  • O‘rnatilgan WLAN va mustahkam VESA mahkamlash moslamalari tizimni do‘kon yoki restoranning istalgan joyiga o‘rnatish imkonini beradi.
  • Qo’shimcha qurilmalarning keng tanlovi xizmat ko‘rsatish hududida joyni tejash imkonini beradi: magnit kartalarini o‘quvchi moslama, iButton, shtrix-kod skaneri (2D), turli o‘lchamdagi mijoz displeylarini ulash mumkin.
  • 14“ LED-backlit LCD (16:9) sensorli ekrani

Protsessor (to’liq to’plamiga qarab)

  • Pentium N4200 /4x 2.5 GHz
  • Core i3-7100U / 2x 2.4 GHz
  • Core i5-7300U / 2x 3.5 GHz

O’lchamlar (balandligi, kengligi, uzunligi)

  • 335 mm x 212 mm x 300 mm

Beetle/iPOS plus Advanced - bu chakana savdo va mehmonxona biznesida o'zini taklif qilishga muyassar bo'lgan universal, multifunksional monoblok sensorli ekrani bor POS tizimidir. Qurilmaning ishlashining samaradorligi va uni ishlatishning oddiyligi tufayli mijozlarga xizmat ko'rsatish tezroq va samaraliroq amalga oshadi. Beetle/iPOS plus Advanced nafaqat g'azna terminali, balki axborot kioski sifatida ham qo'llanilishi mumkin.

  • Intel Skylake protsessor texnologiyasi tizim samaradorligining yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
  • Uchta protsessordan birini tanlash tizimni kengaytirish imkonini beradi.
  • Katta hajmdagi yuqori tezlikdagi xotira – 32 GB gacha.
  • Qo’shimcha uskunalarning keng assortimenti.
  • To’liq to’plamning turli xil variantlari tizimni tashkilotning istalgan talablariga tezda moslashtirish imkonini beradi.
  • Yaxshilangan ergonomik dizayn.
  • Usti shisha yuza va tomchilardan himoya bilan qoplangan alyuminiy korpusli mustahkam konstruksiya.
  • 15“ LED-backlit LCD (4:3) sensorli ekrani

Protsessor (to’liq to’plamiga qarab)

  • Celeron G3900TE /2x 2.3 GHz
  • Core i3-6100TW / 2x 2.7 GHz
  • Core i5-6500TE / 4x 2.3 – 3.3 GHz

O’lchamlar (balandligi, kengligi, uzunligi)

  • 349 mm x 214 mm x 350 mm

BEETLE A1150 bu universal, ko'p funksiyali monoblokli sensor ekrani bor POS tizimi bo‘lib, u sanoat uskunasining ishonchliligi va zamonaviy mobil qurilmaning innovatsion dizaynining nafisligini o'zida mujassam etgan. Yechim savdo tashkilotining o'ziga xos talablariga moslashtirilishi mumkin va har qanday do'konning ish muhitiga to'liq mos keladi.

  • Ventilyatorsiz konstruksiya tizim ishonchliligining yuqori va tushunarli bo’lishini ta’minlaydi.
  • Chang o’tkazmaydigan germetik muhrlangan korpus tizimning ichki qismini chang va axlatldan himoya qiladi.
  • Intel Whiskey Lake U eng yangi protsessorli texnologiya juda kam quvvat sarfini va kengaytiriladigan tizim unumdorligini ta’minlaydi.
  • Kiritish/chiqarishning kengaytirilgan interfeysi keng imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.
  • O’rnatilgan WLAN va VESA mahkamlash moslamasi do’konning istalgan joyiga (peshtaxta, tokcha yoki devorda) o’rnatish imkonini beradi.
  • Qo’shimcha qurilmalarning keng tanlovi: magnit kartani o’qish moslamasi, iButton, NFC o’qish moslamasi va turli o’lchamdagi qo’shimcha displeylarni ulash mumkin.
  • 15.6” LED-backlit LCD (16:9) sensorli ekrani

Protsessor (to’liq to’plamiga qarab)

  • Intel Celeron 4305UE /2x 2.0 GHz
  • Intel Core i3-8145UE /2x 2.2-3.9 GHz
  • Intel Core i5-8365UE /4x 1.6-4.1 GHz

O’lchamlar (balandligi, kengligi, uzunligi)

  • 342 mm x 207 mm x 376 mm
To'liq to'plam tarkibi va ma'lum qurilmalarning mavjudligi hududiga qarab farq qilishi mumkin. Maslahat olish va uskunaning to'liq portfoliosi hamda chakana savdoni amalga oshirish uchun yechimlar bilan tanishib chiqish uchun bizning vakilimiz bilan bog'laning.

Emil Musaev

Chakana savdo uchun uskunalarni sotish bo'limi rahbari

Bizning loyihalarimiz