ATMeye.iQ – bu bankomatlar uchun keng qamrovli xavfsizlik platformasi boʻlib, u videokuzatuv va videotahlil tizimlari, maxsus jismoniy taʼsir ko’rsatish datchiklari toʻplami, skimmingga qarshi qurilmalar va boshqa qo’shimcha qurilmalardan foydalanadi.
Platforma bevosita terminallar yaqinida sodir bo’layotgan barcha hodisalarni kechayu kunduz masofadan turib kuzatish imkonini beradi. Bu o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari bilan bog’liq firibgarlik va buzg’unchilikni kamaytirishga hissa qo’shadi va mijozlar bilan bo’ladigan nizolarini hal qilishga yordam beradi.
ATMey.iQ dasturiy yechimi real vaqt rejimida bankomat va uning yaqinidagi voqealarni foto va video monitoringini ta'minlaydi. Bu har bir tranzaksiya yoki o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish hududida sodir bo'lgan voqea bilan bog'liq hodisalarning batafsil suratini tiklash imkonini beradi.
Bankomat kameralaridan olingan barcha foto va video materiallar qidiruvni ancha osonlashtirish va hodisa haqida hisobot berish vaqtini qisqartirish uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasidagi tranzaksiya yoki hodisaga avtomatik ravishda bog‘lanadi.
Bankomat kamerasi singan, qasddan shikastlangan yoki yopilgan taqdirda tizim xavfsizlik xizmati xodimiga ogohlantirish xabarini yuboradi. Bunda, tasvirga olish rejimi har bir terminal uchun masofadan turib sozlanishi mumkin.
Bundan tashqari, tizim bilan ishlaydigan operator real vaqt rejimida qurilmaning joriy ish holati to'g'risida ma'lumot oladi va texnik nosozliklar yuzaga kelganda tezda javob qaytara oladi.
ATMeye.iQ yechimining ishlashi doirasida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmasiga terminalga qilinadigan noqonuniy jismoniy ta'sirni qayd qiluvchi sensorlar o'rnatilishi mumkin: zarba, qurilmaning egilishi, unga gaz yoki harorat orqali ta'sir ko'rsatish va boshqalar. Datchiklarning ishga tushganligi haqidagi xabarlar bir zumda bankning mas'ul xodimiga yetib kelib, hodisaga tezda javob qaytarish va jismoniy hujumlarning oldini olish imkonini beradi.
Skimmingga qarshi yechimlar bilan birlashish tizim foydalanuvchilariga bankomatga begona moslamani o'rnatish va terminalni avtomatik ravishda ishdan chiqarishga urinish haqida bir zumda ma'lumot olish imkonini beradi.
Yechim xavfsiz aloqa kanali yordamida terminaldan fotosuratlar va elektron jurnallarni yuklab olish, kerakli dasturiy taʼminot yangilanishlari, media fayllar va boshqa materiallarni unga yuklash imkonini beradi.
Yechim bankomat yoki to‘lov kioskini xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazish, shuningdek, uni o‘chirish yoki qayta ishga tushirish imkonini beruvchi ulangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarining ish holatini boshqarish uchun asosiy vositalarni taqdim etadi.
Bankomatlarga o'rnatilgan portret kameralari bank mijozlari va moliya tashkilotining qora ro'yxatiga kiritilgan shaxslarni aniqlash jarayonini amalga oshirish imkonini beradi. Yuzni tanish funksiyasidan xizmat ko'rsatuvchi xodimlar va inkassatorlarni avtorizatsiya qilish uchun foydalanish mumkin.
Mijoz dasturiy ta'minot paketi va zarur qo'shimcha uskunalar to'plamini mulk sifatida sotib oladi. Dasturiy yechim mijozning infratuzilmasiga joylashtiriladi.
Mijoz zarur dasturiy ta'minot komponentlari va uskunalaridan ijara asosida foydalanadi. Dasturiy yechim BS/2 infratuzilmasida joylastiriladi.
Mijoz BS/2 kompaniyasiga terminal tarmog'ining video monitoringini va hodisalar haqida hisobot berishni autsorsing qilishga beradi.
Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari
Iltimos, ma'lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz tez orada bog'lanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Obuna boʻlish uchun ushbu shaklni toʻldiring.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.