Terminal tarmog’i egasining vazifalaridan biri barcha naqd pul punktlarida: bankomatlarda, filiallarda, pul g’aznalarida yetarli miqdordagi pulni ta’minlashdir. Bu bir qator xarajatlarga olib keladi: naqd pulni jalb qilish, ularni sug’urtalash, pul mablag’larini qabul qilish va berish shoxobchalaridan naqd pulni yig’ish va boshqalar. Har qanday moliya tashkiloti bu xarajatlarni kamaytirishga intiladi.
Naqd pul muomalasini samarali boshqarish naqd pul berish punktlari uchun zarur bo‘lgan pul mablag’lari umumiy hajmini qisqartirish, buning natijasida naqd pullarni jalb qilish, sug‘urtalash, saqlash, tashish va qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, pul mablag’larini qabul qilish va berish punktlarida pul oqimlarini bashorat qilish, pul mablag’lari yig’imlarini rejalashtirish va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish parkining ishlashiga ketadigan boshqa xarajatlarni nazorat qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot yordamida naqd pul aylanmasini boshqarishda maksimal samaradorlikka, shuningdek, bir qator ish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga erishish mumkin, natijada bu naqd pul aylanmasini boshqarishni tashkil qilish uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Filiallar va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarida to’plangan naqd pulni yig’ish bank operatsion xarajatlarining muhim qismini tashkil qiladi. Ushbu turdagi xarajatlarni qisqartirish uchun terminal tarmoqlari egalari quyidagi chora-tadbirlarni qo’llaydi.
Ixtisoslashgan dasturiy ta’minot yordamida naqd pulni yig’ishni rejalashtirish naqd pul yig’ish punktlariga bo’lgan ehtiyojni bashorat qilish, har bir qurilmani to’ldirish uchun qog’oz pullar va tangalarning (valyutalar va nominallar) optimal sonini aniqlash imkonini beradi, bu esa pirovardida naqd pul yig’ish xizmati safarlari sonini o’rtacha 2-3 martaga kamaytiradi.
Terminal tarmog’i egasi uchun yana bir asosiy xarajatlar turi, bu naqd pulni qabul qilish va berish punktlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan mablag’larni moliyalashtirishdir.
Qoidaga ko’ra, naqd pul yig’imlari sonining kamayishi bilan moliyalashtirish xarajatlari oshadi, chunki bank tuzilmasi qurilmalarini naqd pul bilan ta’minlash uchun jalb qilinadigan pul mablag’lari miqdori o’sib boradi. Shu bilan birga, naqd pul yig’imlari sonining ko’payishi bilan moliyalashtirish xarajatlari kamayadi, ammo bu holatda to’g’ridan-to’g’ri naqd pul yig’ish uchun xarajatlar oshadi. Terminal tarmog’i egasining vazifasi naqd pul yig’imlarini shunday rejalashtirishi kerakki, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarini naqd pul bilan ta’minlashni tashkil qilishning umumiy xarajatlari minimal darajada bo’lsin.
Naqd pul oqimlarini bashoratlash va bank infratuzilmasi qurilmalarini ta’minlashni rejalashtirish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar muomaladagi naqd pul miqdorini 30-40% foizga qisqartirishga qodir. Bu bankka naqd pulni jalb qilish hamda qog’oz pul va tangalar logistikasini ta’minlash bo‘yicha umumiy yuklama xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Ko’pincha terminal tarmoqlari egalari naqd pul yetishmasligi tufayli o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarining ishlamay turib qolishi muammosiga duch kelishadi. Qoidaga ko’ra, bunday to’xtab qolishning sababi naqd pul yig’ishni noto’g’ri rejalashtirishdir. Amaldagi o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarini monitoring qilish vositalari terminal tarmog’i egasiga naqd pul mablag’lari qoldiqlarining haqiqiy holatini ko’rishga imkon bermaydi va buning natijasida o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalaridagi naqd pulni o’z vaqtida yig’ib, ularni naqd pul bilan to’ldirolmaydi.
Terminal parki egasining vazifasi naqd pul yetishmasligi tufayli o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarining bo’sh turib qolishi holatlarini butunlay kamaytirishdir. Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot naqd pul qabul qilish va berish punktlaridagi naqd pul qoldiqlarini real vaqt rejimida nazorat qilinishini ta’minlaydi va qurilmalarning barcha turdagi valyutalar va nominallar bo’yicha bo’shashini bashorat qilish algoritmlarini taqdim etadi. Ushbu dasturiy ta’minot bankomatlar va boshqa o’z o’ziga xizmat ko’rsatish infratuzilmasi qurilmalarida naqd pul mavjudligining maqbul ko’rsatkichlarini ta’minlagan holda terminal tarmog’i egasiga naqd pul qoldiqlarining joriy holatini ko’rish va naq pul yig’imini o’z vaqtida rejalashtirish imkonini beradi.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tuzilmasida naqd pul aylanmasini boshqarish ko’p hollarda juda ko’p vaqt va bir muncha inson resurslarini talab qiladi, bu esa ushbu jarayonni tashkil etish xarajatlarini bevosita oshiradi. Xuddi shu vaqtda, zamonaviy ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarini naqd pul bilan to’ldirish bilan bog’liq ish va biznes jarayonlarining bir qismini birlashtirish va avtomatlashtirish imkonini beradi. Ushbu dasturiy ta’minot naqd pul aylanmasining barcha bosqichlarini kuzatish orqali ularni yagona axborot muhitida bajarish imkoniyatini beradi va ish hujjatlari aylanmasini soddalashtiradi, bu esa naqd pulni boshqarish jami xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va jarayonning o’zini osonlashtiradi.
Iltimos, ma'lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz tez orada bog'lanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Obuna boʻlish uchun ushbu shaklni toʻldiring.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.