X Range™

Tasnifi

CPS X-Range hisoblash va saralash mashinalari liniyasi tijorat va markaziy banklarning kassa markazlarida, shuningdek, naqd pul yig’imi xizmati hamda qimor o’yinlari va chakana savdo kompaniyalari tomonidan naqd pulni qayta ishlashda eng yuqori sifat darajasini ta’minlaydi.

Yuqori aniqlikdagi sensorlar va pullarni tashishning ishonchli tizimi qurilmaning uzluksiz ishlashi paytida eng yuqori ko’rsatkichni ta’minlaydi, ya’ni soatiga 54000 tagacha qog’oz pullar.

X Range™ modellari:

  • X3200/X3500 (2+1 cho’ntaklar)
  • X4200/X4500 (3+1 cho’ntaklar)
  • X5500 (4+1 cho’ntaklar)
  • X6500 (5+1 cho’ntaklar)
  • X7500 (6+1 cho’ntaklar)
  • X9500 (8+1 cho’ntaklar)

Qurilmaning texnik xususiyatlari

  • Naqd pul hajmi va hal qilinishi kerak bo’lgan biznes vazifalari asosida mashinaning optimal modelini tanlash imkoniyati
  • Naqd pul bilan ishlashning turli usullaridan foydalanish
  • Bitta mashinada bir nechta valyutalar bilan ishlash
  • Naqd pul bilan ishlashning eng ishonchli mexanizmlaridan biri
  • Qulaylikning yuqori ko’rsatkichlari (ayniqsa, ko’p cho’ntakli mashinalar uchun)
  • Turli xil pul muomalasini boshqarish tizimlari bilan birlashish imkoniyati
  • Turli hisobotlarni to’g’ridan-to’g’ri mashina orqali bosib chiqarish
  • Chiqarib berish cho’ntaklarining soni (standart) – 2 dan 8 donagacha.
  • Yaroqsizga chiqarish cho’ntaklari soni (standart) – 1 dona.
  • Qog’oz pullarni uzatuish qurilmasi sig’imi – 1000 dona qog’oz pul
  • Qayta ishlash tezligi (eng ko’pi bilan) – daqiqasida 1100 dona qog’oz pul
  • Qayta ishlash tezligi (standart) – daqiqasida 900 dona qog’oz pul
  • Qayta ishlash tezligi (yumshoq rejim) – daqiqasiga 750 dona qog’oz pul
  • Chiqarib berish cho’ntagining sig’imi – 200/500 dona qog’oz pul
  • Yaroqsiz pul uchun cho’ntak sig’imi – 200/500 dona qog’oz pul
  • Qogoz pullarni tashish turi – Gorizontal
  • Operator ekrani – Sensorli, rangli (7’’)
  • Qog’oz pullarning haqiqiyligini tekshirish sensorlari: magnitli, ikkala tomonida EN, fluorestsent, infraqizil, kontaktli tasvir sensori, optik (OCR)
  • Qog’oz pullarning holatini tekshirish datchiklari: kirlanishi va dog’lar, siyoh va bo’yoq, bosmaning siyqalanishi, teshiklar va yirtiqlar, egilgan va yirtilgan burchaklar, bir-biriga yopishtirish, yopishqoq lenta yordamida yopishtirish.
  • Qog’oz pullar o’lchamlari: kengligi – 85 mm gacha, uzunligi – 182 mm gacha
  • Ulanish – LAN, USB, RS232
  • Operatsion tizim – Linux
  • Kirish ruxsati orqali boshqarish – Operator logini va paroli
Bizning jamoamiz kompaniyangiz uchun qaysi mahsulotlar eng ko'p mos kelishi haqida tavsiyalar olishga yordam beradi. "Biz bilan bog'laning" tugmasi orqali bizga xabar yuboring.

Kirill Ovsyannikov

Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari

Bizning loyihalarimiz