Diebold Nixdorf CS 4060

Diebold Nixdorf CS 4060 bankomati bino ichkarisida oʻrnatish uchun moʻljallangan naqd pulni qayta ishlash tizimiga ega boʻlgan koʻp funksiyali oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmasidir.

Biznes imtiyozlari

Hammabopligi

Qurilma old yoki orqa yuklash bilan sozlanishi mumkin, bu esa bankomatni o'rnatish uchun maqbul joyni tanlash imkonini beradi.

Samaradorligi

Bankomatning funksionalligi ushbu modeldagi qurilmada ishlatilishi uchun tayyorlangan maxsus dasturiy yechimlar tufayli kengaytirilishi mumkin. Shunday qilib, an'anaviy bank filiali xizmatlarining bir qismi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmasiga joylashtirilishi mumkin: hisobni to'ldirish, pul mab'lag'larini o'tkazish, valyuta ayirboshlash, qarz va xaridlarni to'lash.

Universalligi

CS 4060 bozordagi eng samarali naqd pulni qayta ishlash terminallaridan biri bo'lib, mijozlarga milliy va xorijiy valyutalardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash muhim bo'lgan paytda ko'p valyutali muhitda ishlatilishi mumkin.

Qurilmaning texnik xususiyatlari

Qog’oz pullarni qayta ishlash

  • 200 donagacha bo’lgan qog’oz pullarni qabul qilish/berish
  • Naqd pul berish va qabul qilish uyasidagi begona jismlar detektori
  • Resirkulyatsiya rejimida 7 tagacha nominalni qayta ishlash
  • Ishlash rejimlari: naqd pulni qabul qilish, naqd pul olish, naqd pul qabul qilish va berish, naqd pul aylanmasining yopiq sikli
  • Naqd pulni qabul qilish va berish operatsiyasining tezligi – soniyasiga 10 ta qog’oz pulgacha
  • Qog’oz pullarning maksimal hajmi – 185 x 85 mm
  • Qog’oz pullarning minimal hajmi – 105 x 58 mm

Qog’oz pullarlarni saqlash

  • 8 tagacha kasseta
  • Kassetani maksimal darajada to’ldirish:
  • 305 mm gacha (standart kasseta)
  • 200 mm gacha (ixcham kasseta)
  • Unutib qoldirilgan va yaroqsizga chiqarilgan qog’oz pullarni saqlash uchun 3 tagacha alohida bo’lma
  • Soxta qog’oz pullar uchun alohida kasseta
  • To’lganligini ko’rsatuvchi indikatori bor kassetalar
  • Har xil konfiguratsiyadagi kassetalar: muhrlash uchun tayyorgarlikli, qulfli, ochishga urinish indikatori, naqd pul bilan ishlash xotirasi moduli, kassetaning qopqog’i va qulfidagi indikatori bor.

Qog’oz pullarni aniqlash

  • Qog’oz pullarni tekshirish

Qog’oz pullarni yaroqsizga chiqarish

  • Seriya raqamini aniqlash
  • Bir vaqtning o’zida 120 tagacha nominalni qayta ishlash

Qabul qilish va berish

  • Tangalarni qabul qilish/berish (tashqi jamg’aruvchi)

Kartrider

  • Motorli gibrid kartrider (EMV sertifikati)
  • Kartrider chirog’i
  • Skimming qurilmalarini o’rnatishni qiyinlashtiradigan bo’rtma shakl
  • Qoldirib ketilgan kartani ichkariga tortib olish funksiyasi
  • Elektr ta’minoti uzilib qolganda kartani qaytarish
  • HiCo magnit chiziqli kartalari uchun yozib olish funksiyasi
  • Ma’lumotlarni kontaktsiz o’qish uchun integratsiyalashgan qurilma
  • Gibrid DIP kartrider (EMV sertifikati)
  • Kontaktsiz kartrider (EMV sertifikati)

Monitor

  • TFT LC (15″ yoki 17″)
  • Bitta displeyda turli xil ruxsatlarni (VGA, SVGA, XGA) olish uchun avtomatik masshtablash funksiyasi
  • Zanglamaydigan po’latdan yasalgan sakkizta funktsional tugmalar
  • Sensorli ekran

Printerlar

  • Ikki xil rangli termoprinter
  • Hisobotni ichga tortish funksiyasi, saqlash bo’lmasi
  • Z shaklida buklangan qog’ozdan foydalanish
  • Matritsali printer

Klaviatura

  • EPP klaviaturasi (EPP V6)
  • Harf-raqamli panel
  • UL 291 Lev el 1, CEN L, CEN III, CEN IV seyflar
  • Signalizatsiya tizimi (buzish, buzib kirish, zarbaga qarshi datchiklar)
  • Mexanik va elektron qulflar
  • Kartriderni buzg’unchilikdan himoya qilish
  • Skimmingga qarshi qurilma
  • EPP klaviatura ekrani (VISA talablariga muvofiq)
  • Orqa tomonni ko’rish ko’zgusi
  • Matnni yon tomondan o’qishga to’sqinlik qiluvchi qoplama
  • CrypTA Stick yordamida xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni avtorizatsiya qilish
  • Mijozning yuzini, kartriderning va naqd pul dispenserining ishlashini suratga oladigan kameralar

Bankomat o’lchamlari (kengligi, uzunligi, balandligi)

  • 60,0 x 102,2 x 158,2 sm

Bankomat vazni

  • 850 kg

Ishchi haroratlar oralig’i

  • +5o C dan +40o C gacha

Nisbiy namlik

  • 5% dan 85% gacha

Quvvatlantirish manbai

  • Kuchlanish 110-120V~/220-240V~
  • Tarmoq chastotasi 50-60 Hz
  • Uzluksiz quvvat manbai

Ko'p so'raladigan savollar

Mazkur bankomatlar qayerda ishlab chiqariladi?
Taqdim etilgan qurilmalar Padeborndagi (Germaniya) Diebold Nixdorf kompaniyasi zavodida ishlab chiqariladi, bu esa dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi mijozlar uchun ushbu qurilmalarni yig'ishni amalga oshirish va sifatini nazorat qilishning yuqori standartlarini kafolatlaydi.
Buyurtma berishda bankomatning o'ziga xos to'liq to'plamimni tanlay olamanmi?
Diebold Nixdorf bankomatlarining har bir modeli mijozning muayyan ehtiyojlariga qarab texnik to'liq to'plami uchun yetarlicha keng imkoniyatlarga ega. Bu asosan tashqi qurilmalar to'plamiga taalluqli bo'lib, ularning to'plami bank mijozlari uchun o'ziga xos funksional imkoniyatlarni belgilaydi.
Resaykler bankomatlarning boshqa turdagi bankomatlardan farqi nimada?
Naqd pulni qayta ishlash tizimlari yoki qayta ishlash funksiyasiga ega bankomatlar qurilma foydalanuvchilaridan avval qabul qilib olingan qog'oz pullarni muomalaga chiqargan holda, naqd pul aylanmasining yopiq siklini amalga oshirishning texnik imkoniyatiga ega. Mazkur imkoniyat zarur naqd pul yig'imlari sonini kamaytirish nuqtai nazaridan sezilarli iqtisodiy samara beradi.
Mazkur bankomat uchun ehtiyot qismlarga buyurtma berish imkoniyati mavjudmi?
Shubhasiz, biz kerakli ehtiyot qismlarni tanlash, buyurtma qilish va yetkazib berishga ko'maklashganimizdan mamnun bo'lamiz. Siz ehtiyot qismlarni sotish bo'limi bilan spareparts@5ci.lt elektron pochta manzili yoki ushbu sahifadagi arizani to'ldirish orqali bog'lanishingiz mumkin.

Bizning loyihalarimiz

Xizmatlar