O‘zbekiston Respublikasi Yagona protsessing markazi (O’RYPM) mamlakat banklari va xalqaro to‘lov tizimlarini birlashtiruvchi vositachi vazifasini bajaruvchi banklararo protsessing markazidir. O’RYPM Uzcard milliy toʻlov tizimining operatori boʻlib, ushbu tizimning 17 milliondan ortiq plastik kartalariga xizmat koʻrsatadi, Oʻzbekistonning 30 ta bankiga va bir qator toʻlov tizimlariga (PayMe, Click, Uzpaynet va boshqalar) xizmat koʻrsatadi. Bugungi kunda Uzcard kartasi foydalanuvchilari 250 000 dan ziyod POS-terminallardan foydalangan holda mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin, shuningdek, 6 800 dan ziyod bankomat va ma’lumot olish shoxobchalarida xizmat ko’rsatish amalga oshirilmoqda.
2017 yildan boshlab kompaniya O‘zbekistonda Mastercard xalqaro to‘lov tizimi xizmatini ko’rsatib kelmoqda.
POS-terminallar tarmog’ini boshqarish va tranzaksiyalarni O’RYPM infratuzilmasiga marshrutizatsiya qilish uchun TransLink.iQ dasturiy yechimi kiritildi.
TransLink.iQ ishi doirasida POS-terminal funktsiyalarining asosiy to’plamiga qo’shimcha sifatida savdo korxonalarida o‘rnatilgan to‘lov terminallarida Uzcard to‘lov tizimi kartalari uchun pin-kodni o‘rnatish va almashtirish, kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlash (texnik imkoniyatlar bilan ta’minlangan terminallarda) va ba’zi boshqa xususiyatlar imkoniyati qo’shildi.
Shuningdek, POS-terminallaridan ham kartalar, ham naqd pul bilan ishlaydigan tranzaksiyalarni fiskalizatsiya qiladigan nazorat g’aznamashinalari (NKM) sifatida foydalanish imkoniyati amalga oshirildi.
Bundan tashqari, TransLink.iQ yechimi doirasida Visa, Mastercard, Mir va boshqa xalqaro va milliy to’lov tizimlari kartalarini qo’llab quvvatlash amalga oshirildi.
Yuklab olishIltimos, ma'lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz tez orada bog'lanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Obuna boʻlish uchun ushbu shaklni toʻldiring.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.