Biometrik texnologiyalarning mashhurligi butun dunyoda yildan yilga ortib bormoqda. Tahlilchilar bashoratiga ko’ra, biometrik tizimlar bo’yicha jahon bozori 2016 yilda 2359,7 million dollardan 2025 yilda 15 million dollargacha o’sadi. Biometriya davlat va moliya sektori, mudofaa, sogʻliqni saqlash va chakana savdo sohasida eng koʻp talabga ega. Shu bilan birga, FindBiometrics agentligining ma’lumotlariga ko’ra, biometrik tizimlar bozori yaqin yillarda aynan tijorat segmentida eng faol rivojlanadi.
Bir necha yil avval yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida banklar ularga arzonroq mahsulot va xizmatlarni taklif qilishi kifoya edi. Bugungi kunda vaziyat tez o’zgarib bormoqda, foydalanuvchilar qulaylik va ishonchlilikni afzal ko’rishadi. Mijozning bank diqqat-e’tiborida bo’lishi kontseptsiyasini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan muhim vositalardan biri bu biometrik texnologiyalar bo’lib, ular nafaqat moliyaviy operatsiyalarning yetarli darajada xavfsizligini ta’minlash, balki ham an’anaviy filiallarda, ham masofaviy xizmat ko’rsatish kanallari orqali mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi.
Moliyaviy sektorda qo’llaniladigan biometrik ma’lumotlarning eng keng tarqalgan turlariga yuz tasvirlari, barmoq izlari, qo’l geometriyasi va ko’zning rangdor pardasi surati kiradi. Ushbu ma’lumotlar onlayn-bankingda mijozlarning shaxsini aniqlashda, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarida va bank filiallarida ham moliyaviy xizmatlardan foydalanish huquqi bilan ta’minlashda, shuningdek bank xavfsiz depozit qutilaridan foydalanish huquqini ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin. Bank sektorida eng ommabopi PIN-kod yoki bir martalik parol va biometriya yordamida ikki faktorli autentifikatsiyalash bo’lib, u ma’lumotlar xavfsizligi va ularga kirishni nazorat qilishining eng yuqori darajada bo’lishini ta’minlash imkonini beradi.
Verizon maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda butun dunyo maʼlumotlarning oshkor bo’lishiga sabab 81% holatlarda qayd qilish yozuvlaridan notoʻgʻri foydalanish, shu jumladan, oʻgʻirlangan yoki zaif parollar boʻlgan. Bunday oshkor bo’lishlar soni va ular bilan bog’liq xarajatlar yildan-yilga ortib bormoqda. Banklar mijozlar ma’lumotlarining xavfsizligini qanday ta’minlash va ularga noqonuniy kirish bilan bog’liq yo’qotishlarning oldini olish haqida o’ylashga majbur.
Foydalanuvchi autentifikatsiyasining eng ishonchli vositalaridan biri biometriyadir. Biometrik ma’lumotlarni ularning egasining xabarisiz o’zgartirish, o’g’irlash yoki ularni boshqacha tarzda ishlatish mumkin emas. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarida autentifikatsiya qilish uchun biometrik ma’lumotlardan foydalanish muomalalar o’tkazish paytida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi, foydalanuvchilarni to’lov vositalarini olib yurish, kartadagi parollar yoki PIN-kodlarni eslab qolish va hokazo zaruriyatlardan xalos qiladi va muomala o’tkazish paytida vaqtni qisqartiradi.
Ichki firibgarlik va xodimlarning qaydlaridagi yozuvlar orqali ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish muammosi butun dunyodagi moliya tashkilotlari uchun dolzarb hisoblanadi. Banklar o’zlarining ichki ma’lumotlar infratuzilmasini himoya qila oladigan yechimlarni izlashda davom etmoqda va biometrik texnologiyalarni tobora ko’proq tanlamoqda. Bugungi kunda bank sektoridagi barcha biometrik tizimlarning qariyb 30% korporativ maqsadlarda foydalanilmoqda.
Xodimlarni avtorizatsiya qilish uchun biometrik texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlar xavfsizligining zarur darajasini va maxfiy ma’lumotlarga kirishni nazorat qilishni ta’minlaydi, shuningdek, moliya tashkiloti xodimlarining ishini nazorat qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunda O’MB (Know your customer) siyosatiga rioya qilish regulyatorning talablari va bir qator mamlakatlarda moliyaviy faoliyatni amalga oshirish shartlaridan biri hisoblanadi, chunki u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga imkon beradi.
Biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda foydalanuvchilarni tekshirish va autentifikatsiya qilishni ta’minlaydigan maxsus dasturiy yechimlardan foydalanish nafaqat O’MB talabiga rioya qilish imkonini beradi, balki moliyaviy operatsiyalar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Iltimos, ma'lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz tez orada bog'lanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Obuna boʻlish uchun ushbu shaklni toʻldiring.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.