Bank tomonidan xizmat ko’rsatilishining o’zgartirilishi

Bugungi kunda banklarning mijozlar bilan o’zaro aloqasi tez sur’atlar bilan o’zgarmoqda. Bozorning asosiy yo’nalishlari va talablari mijozlar bilan uzluksiz masofaviy ko’p kanalli o’zaro aloqa qilish tomonga doimiy siljishni keltirib chiqaradi. Mijozlar tajribasi va raqamli bank xizmati birinchi o’rinda namoyon bo’ladi.

Bank xizmatlarini o’zgartirishdan asosiy maqsad moliyaviy xizmatlarning hammabopligini oshirishdan iboratdir. Buni amalga oshirishning bir yoʻli esa bankning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish kanalini rivojlantirishdir.

Yangi texnologiyalarni joriy etish barcha sohalarda, shu jumladan doimo faqat shaxsiy o’zaro ta’sir maydoni bo’lgan sohalarda sodir bo’ladi. Avtomatlashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalar bank xizmatlarini ko’rsatish, savdo tashkilotlari va moliya bozorining boshqa korxonalarining xizmat ko’rsatishida tubdan yangi yondashuvni joriy etish imkonini beradi.

Optimallashtirish sohalari

Masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish

Xizmat ko'rsatishga shaxsiylashtirilgan yondashuv

G’azna operatsiyalarini avtomatlashtirish

Yuridik shaxslar uchun xizmatlarni avtomatlashtirish

Bankning 24/7 masofaviy xizmat ko'rsatishi

Bugungi kunda bank mijozlari bank filiallari faoliyatiga bog’lanib qolmasdan, ular uchun qulay formatda 24/7 moliyaviy xizmatlardan foydalanishni xohlashadi. Moliya tashkilotlari foydalanuvchilar bilan onlayn va Internet-banking kabi masofaviy aloqa kanallarini faol rivojlantirmoqdalar, lekin ular ko’pincha bank xizmatlarini taqdim etish uchun to’laqonli punktlarga aylanishi mumkin bo’lgan o’zlarining terminal tarmoqlariga yetarlicha e’tibor bermaydilar.

Zamonaviy ixtisoslashgan dasturiy ta’minot bankomatlarga ilgari faqat an’anaviy bank filiallarida mavjud bo’lgan bir qator xizmatlarni chiqarishga imkon beradi: barcha turdagi to’lovlarni qabul qilish, jarimalar, bojlar, valyuta ayirboshlash, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish, kredit olish uchun arizalarini to’ldirish va h.k.

Mijozlar bilan shaxsiylashtirilgan o'zaro aloqaning yetishmasligi

Banklar o’zlarining masofaviy o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kanallarini rivojlantirar ekan, mijozlari bilan shaxsiylashtirilgan o’zaro aloqalar yetishmovchiligiga duch kelishadi. Ulardan fikr-mulohazalar olish, ularni qiziqtirishi mumkin bo’lgan mahsulot va xizmatlarni taklif qilish, yangi mijozlarni jalb qilish ular uchun tobora qiyinlashmoqda.

Shunday qilib, banklar mijozlar bilan o’zaro aloqani yaxshilashga imkon beradigan samarali va xavfsiz yechimlarni qidirishda davom etmoqdalar. Zamonaviy ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot bankning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalaridan foydalanuvchilar to’g’risida ma’lumot to’plash, ularni mahsulotlar va xizmatlar (shu jumladan hamkorlar) ning shaxsiylashtirilgan takliflarini berish, fikr-mulohazalarni olish, bankning mijoz bo’lmagan shaxslarini tanib olish va ularga bevosita bankomatlarda xizmat ko’rsatish imkonini beradi.

Operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish

Masofadan turib o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kanallarini ishlab chiqish orqali banklar xarajatlarni kamaytirish va operatsion jarayonlarni,shu jumladan, ish kuni davomida chakana savdo do’konlari yoki bank filiallarida to’planadigan ortiqcha naqd pul mablag’larini jalb qilish jarayonini ham optimallashtirishning yangi usullarini izlashda davom etmoqda.

Zamonaviy yechimlar tufayli savdo tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar to’g’ridan-to’g’ri bankning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarida: bankomatlar, avtomatlashtirilgan omonat mashinalari (AOM) va boshqalarda o’zlari naqd pulni yig’ishni (daromaddan tushgan pul mablag’larini topshirish) amalga oshirishlari mumkin — bunda, mablag’larni korxona hisobiga o’tkazish bir zumda sodir bo’ladi. Bu naqd pul yig’ish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirish, xodimlar yuklamasini kamaytirish, naqd pulni saqlash va tashish bilan bog’liq xavflardan xoli bo’lish, shuningdek g’aznada naqd pul yo’qligining oldini olish imkonini beradi.

Ustunliklar

Bank xizmatlarini 24/7 ko'rsatishning qulay formati

Masofaviy o'zaro ta'sir paytida shaxsiylashtirish

Ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish uchun qulay vositalar

Xodimlarga qoyilgan yuklamani kamaytirish

Terminal parkiga qilingan investitsiyalarining qaytishi

Mijozlar sodiqligining oshishi

Yangi mijozlarni jalb qilish

Tegishli mahsulotlar

Bizning loyihalarimiz