Terminal tarmog’i egasining asosiy vazifalaridan biri uning qurilmalari parkining uzluksiz ishlashini ta’minlash va terminallar mavjudligining maqbul ko’rsatkichlariga erishishdir: bankomatlar, to’lov shoxobchalari, avtomatlashtirilgan omonat mashinalari va boshqalar. Yevropa Moliyaviy Menejment Assotsiatsiyasi (YMMA) hisobotiga ko‘ra, bank iste’molchilarining 39,5% foizi bankomatlar qamrovi va qurilmalarning umumiy mavjudligi bank tanlashda asosiy omil ekanligiga ishonishadi. Shunday qilib, texnik muammolar yoki boshqa sabablarga ko’ra terminal ishlamay turib qolishining har bir daqiqasi moliya tashkiloti uchun nafaqat qoniqmagan mijozlarni, balki moliyaviy yo’qotishlarni ham bildiradi.
Terminallar mavjudligining maqsadli ko’rsatkichlariga erishish uchun tashkilotlar ish jarayonlarini imkon qadar yaxshilash va tarmoqqa texnik xizmat ko’rsatish xarajatlarini kamaytirish yo’lidan boradilar. Biroq, jarayonlar va xarajatlarni optimallashtirish faqat qurilmalar parkining barqaror va uzluksiz ishlashini tashkil etgandan keyingina maqsadga muvofiq bo’ladi.
Diebold Niksdorf kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 9 ta texnik muammodan 10 tasi bankomatning mexanik nosozliklari bilan bog‘liq emas va xizmat ko‘rsatish muhandisining tashrif buyurishi zaruratisiz hal qilinishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, bankomatlar parki ma’murining 75% gacha bo’lgan vazifalari avtomatik tarzda bajarilishi mumkin. Shunday qilib, terminal tarmog’i egasi tomonidan hal qilinishi kerak bo’lgan asosiy muammolar, bu mumkin bo’lgan holatlarda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarining ishlashi va masofaviy texnik xizmat ko’rsatilishining o’ta faol monitoringini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu muammolarni bankomatlar parkini boshqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot yordamida hal qilish mumkin.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari to’xtab qolishining har bir daqiqasi bank uchun moliyaviy va obro’ yo’qotishni anglatadi. Terminallar ishini real vaqt rejimida har tomonlama nazorat qilish terminallar tarmog‘ini boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi, terminallarning ishlamay qolish vaqtini qisqartiradi, turli texnik muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, cheklash va hal qilishga yordam beradi. Bularning barchasi moliya tashkilotiga o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari tarmog’ining samaradorligi va rentabelligini oshirish imkonini beradi.
Har safar bankomat ishlamay qolganda yoki u yoki bu sabablarga ko’ra ishini to’xtatganda, terminal tarmog’ining egasi buzilish sababini aniqlash va bartaraf etish uchun qurilmaga xizmat ko’rsatish xodimlarini yuborishga majbur bo’ladi.
Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot nafaqat o’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan qurilmalarning ishlashini masofadan diagnostika qilish, balki qurilmalarning ayrim guruhlari uchun yangilanish paketlarini rejalashtirish va avtomatik ravishda ishga tushirish, zarur holllarda terminallarni qayta ishga tushirish imkonini beradi. Shuningdek, u dasturiy ta’minot ishi bilan bog’liq ko’pgina noxush hodisalarning sabablarini topish va ularni masofadan turib hal qilish imkonini beradi, bu esa qurilmaga texnik xizmat ko’rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bankomatlar va bankning boshqa o’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan qurilmalari doimo firibgarlar va bosqinchilarning e’tiborini tortadi. Bankomatlarga uyushtiriladigan mantiqiy va jismoniy hujumlar soni yil sayin ortib bormoqda, banklar o’z terminal tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash uchun katta mablag‘ sarflashga majbur.
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari holatini real vaqt rejimida kuzatish va ularning ishlashini masofadan boshqarish terminal xavfsizligining yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi va ularni bir qator firibgarlik harakatlaridan himoya qiladi. Shunday qilib, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot nafaqat terminallarga antivirus dasturlarini masofadan o’rnatish va yangilash, balki buzib kirish tahdidi yuzaga kelganda, tegishli stsenariy bo’yicha terminalni o’chirib qo’yish imkonini beradi.
PCI DSS to’lov kartalari sanoatining ma’lumotlar xavfsizligi standarti hodisalarning elektron jurnallari (logs) qayd etilishini, saqlanishini va rad qilingan talablar yoki shubhali hodisalarning bor-yo’qligini muntazam tekshirilishini talab qiladi. Bunda, ma’lumotlarni yig’ish, saqlash va tahlil qilish (hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar) nafaqat xavfsizlik, balki ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ham muhimdir, chunki to’plangan ma’lumotlar asosida terminal parkining egasi biznesni keyinchalik yanada rivojlantirish strategiyasini rejalashtirishi mumkin.
Avtomatlashtirish va tahlil vositalarini joriy etish orqali turli manbalardan to’plangan ma’lumotlarni markazlashtirish xizmat ko’rsatuvchi tashkilot ishining yuqori sifatini, allaqachon mavjud bo’lgan biznes-jarayonlarni hisobga olgan holda operatsion vazifalarni axborot bilan qo’llab quvvatlashni va buning natijasida butun o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari parkining mavjudligini eng yuqori (yoki maqsadli) ko’rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi.
Iltimos, ma'lumotlaringizni qoldiring va bizning mutaxassislarimiz tez orada bog'lanadi.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Ushbu bo'limni o'qishni afzal ko'rgan tilni tanlang.
Obuna boʻlish uchun ushbu shaklni toʻldiring.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.