Bankomatlar xavfsizligi

Bugungi kunda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarining xavfsizligi bank sohasida zarur standart hisoblanadi. Har yili bankomatlarga qilingan hujumlar va ulardan ko’rilgan zararlar soni ortib bormoqda, jinoyatchilar pullarni, mijozlar yoki bank xodimlarining shaxsiy ma’lumotlarini o’g’irlash uchun ta’sir qilishning tobora murakkab usullaridan foydalanishmoqda, shu sababli bosqinchilarning izini topish tobora qiyinlashmoqda. Faqatgina skimmimgdan ko’rilgan zararning o’zigina yiliga 2 milliarddan ziyod dollarni tashkil etadi, Evropada esa bankomatlarga uyushtirilgan jismoniy hujumlardan ko’rilgan zarar yiliga 40 milliard dollarga yetadi.

Bankning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari xavfsizligini kerakli darajada ushlab turish uchun terminallarni har xil turdagi hujumlardan har tomonlama himoya qilishni ta’minlaydigan kompleks yondashuv talab etiladi. Terminal tarmoqlari egalari ushbu maqsadlar uchun turli xil dasturiy-apparat echimlari va jismoniy ta’sirlardan himoya vositalaridan foydalanadilar.

Bizning bankomatlar xavfsizligi bo‘yicha yechimlarimiz ushbu sohadagi eng yaxshi jahon amaliyotlaridan foydalanadi va shu bilan birga mintaqaviy bozorlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi.

Optimallashtirish sohalari

Bank uskunalari va bankomatlarda saqlanadigan naqd pullarni sug'urta qilish xarajatlari

Bank xavfsizlik xizmatining ish yuklamasi

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalariga uyushtirilgan hujumlar oqibatlarini yumshatish uchun xarajatlar

Qurilmalar parkining ishlashini boshqaruvchi operator ishining samaradorligi

Bankning moliyaviy va obro'liligi barqarorligini ta'minlash

Nizoli vaziyatlar va bahs-munizaralarni hal qilish jarayonini tashkil etish

Bankomatlarga uyushtiriladigan jismoniy hujumlar

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida bankomatlarga hujumlarning eng keng tarqalgan turi bu o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalari bilan jismoniy manipulyatsiyalar: buzish, bankomat yoki uning seyfini arralash, terminalning o’zini o’g’irlash va boshqalar hisoblanadi. Bunda, hattoki bu muvaffaqiyatsiz yakunlanganligiga qaramay, jinoyatchilar qimmatbaho bank uskunasiga katta zarar yetkazadilar, bu es akeyinchalik bir necha kun yoki hatto bir necha hafta davomida undan foydalanish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Videokuzatuv platformasining joriy etilishi videokameralar, maxsus sensorlar (gaz, harorat, harakat datchiklari) to‘plami va bankomatlarda skimming qurilmalarining o’rnatilishiga to’sqinlik qiluvchi skimmerga qarshi vositalar yordamida bankomat yaqinida sodir etilgan barcha shubhali harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkonini beradi..

Bankomatlarga mantiqiy hujumlar (jackpotting va boshqalar).

Mantiqiy hujumni amalga oshirish uchun bosqinchilar bankomat kompyuteriga terminalda mavjud bo’lgan naqd pulni chiqarishni boshlaydigan maxsus zararli dasturni o’rnatadilar. Ushbu dasturiy ta’minot masofadan turib yoxud ba’zi jismoniy manipulyatsiyalardan so’ng o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmasiga bevosita ulanadigan tashqi xotira qurilmasi orqali o’rnatilishi mumkin.

O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish qurilmalarini mantiqiy hujumlardan himoya qilish uchun bankomat kompyuterida saqlanadigan va unga uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash uchun maxsus dasturiy yechimlar, shuningdek terminallarda ruxsat etilmagan dastur va jarayonlarni ishga tushirishni to’xtatuvchi dasturiy ta’minot qo’llaniladi.

Shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash (skimming, shimming, trapping)

Shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash uchun bosqinchilar kartrider, klaviatura yoki bankomat dispenseriga o’rnatiladigan maxsus qurilmalardan foydalanadilar: skimmerlar, shimmerlar, kartalar va naqd pul uchun tuzoqlar va boshqalar. Skimmerlar tranzaktsiya paytida magnit tasmadan karta ma’lumotlarini, shimmerlar esa chipda yozilgan ma’lumotlarni chiqarib beradi. O’g’irlangan ma’lumotlar kartaning dublikatini yaratish uchun ishlatiladi.

Terminal bilan bog’liq firibgarlikning yana bir turi trappingdir. Bosqinchilar kartriderga oldindan maxsus halqa-tuzoq o’rnatish orqali kartani tortib oladilar (card-trapping) yoki naqd berish dispenseriga shunday tuzoqni o’rnatish orqali naqd pul o’g’irlashadi (cash-trapping).

O’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan bank qurilmalari ishlab chiqaruvchilari terminallarni foydalanuvchi kartalaridan shaxsiy ma’lumotlarning o’g’irlanishini oldini oluvchi (antiskimmerlar va boshqalar) maxsus qurilmalar bilan jihozlaydi, shuningdek, ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyalarini faol ravishda ishlab chiqadi va joriy qiladi. Autentifikatsiya paytida qo’shimcha xavfsizlik choralari maxsuslashtirilgan dasturiy yechimlar, jumladan, o’rnatilgan video kuzatuv tizimlari tomonidan ham ta’minlanadi.

Ustunlik

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalari parkinining xavfsizligini ta'minlash xarajatlarini kamaytirish

Bankomatlarga uyushtiriladigan hujumlar oqibatlarini bartaraf etish xarajatlarini kamaytirish

Obro' tushishining oldini olish

Xavfsizlik xizmati ishini va nizoli vaziyatlarni hal qilish jarayonini osonlashtirish

Bankomatlar parkini boshqarishni osonlashtirish

Tegishli mahsulotlar

Bizning loyihalarimiz