Payments.iQ

Payments.iQ – bu toʻlovlarni qabul qilish, kommunal xizmatlar, soliqlar, jarimalarni toʻlash, har qanday turdagi elektron xizmatlarni (chiptalar, toʻlov kodlari, vaucherlar va boshqalar) sotish hamda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalarida pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, chakana bank faoliyati va bankomatlar tarmog’i va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ma’lumot va to’lov terminallarini boshqarishni avtomatlashtirish uchun dasturiy platforma. Shunday qilib, Payments.iQ yechimi alohida turgan terminalni avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish to‘lov punktiga aylantirish imkonini beradi.

Yechim banklar, savdo tashkilotlari va boshqa korxonalarning terminal uskunalari tarmoqlariga ularning ishlash mexanizmini buzmagan holda birlashtiriladi. Payments.iQ yordamida siz bankning istalgan o’z-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalarida (bankomatlar, toʻlov kiosklari va boshqalar) toʻlovlarni qabul qilishni tashkil qilishingiz mumkin, shuningdek, platforma real vaqt rejimida toʻlov operatsiyalarini kuzatish va boshqarish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Mahsulot kartasi

Yechimning ustunliklari

To'lovlarni qabul qilishni avtomatlashtirish

Terminal qurilmalar parki negizida o'z shaxsiy to'lov infratuzilmasini yaratish

Olinadigan komissiya hisobiga qo'shimcha daromadni jalb qilish

Yangi mijozlarni jalb qilish

Tranzaktsiyalar oqimini tahlil qilish

Terminal qurilmalari parkiga qilingan sarmoyalarni boshqarish

Funktsional imkoniyatlar

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalarining funksionalligini kengaytirish

Payments.iQ yangi funksiyalarni qo‘shish orqali bankning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari (bankomatlar, to‘lov kiosklari va boshqalar) funksiyalarini kengaytirish imkonini beradi:

  • xizmatlar va mahsulotlar uchun to'lov;
  • bank hisoblarini to'ldirish;
  • pul mablag'lari o'tkazmalari;
  • chiptalarni sotib olish;
  • uchinchi tomon mahsulotlarini sotib olish (sug'urta xizmatlari, yoqilg'i quyish shoxobchalari kartalari va boshqalar);
  • boshqa operatsiyalar.

Tashqi tizimlar bilan birlashish

Yechim banklar va protsessing markazlarining mavjud tizimlariga birlashishi mumkin. Payments.iQ joriy etilgandan so'ng, tashkilot boshqa xizmat ko'rsatish kanallari (Internet-banking, mobil banking va boshqalar) orqali taqdim etayotgan xizmatlar va mahsulotlar terminal qurilmalarida ham mavjud bo'ladi.

Xizmatlarni qo'shishning osonligi va tariflarning o'zgarishi

Xizmat toʻlovlarining har xil turlari va miqdorlarini belgilash imkoniyati bilan tizimga yangi xizmatlarni yetkazib beruvchilar va toʻlovlarni amalga oshirish stsenariylari qoʻshilishi mumkin.

To'lovchining identifikatsiyasi

Tizim toʻlovchini identifikatsiyalashning turli turlarini qoʻllaydi: bank kartasi, toʻlovchi raqami, hisob daftarchasi raqami, telefon raqami, xizmat ko'rsatish yoki kredit shartnomasi, ID-karta, biometrik maʼlumotlar (barmoq izi, yuzni tanish va boshqalar) va h.k. To'lovdan so'ng foydalanuvchi to'ldirilgan to'lov kvitansiyasini oladi, uning barcha harakatlari tizimga kiradi.

Turli xil to'lov usullari

Yechim turli yo'llar bilan to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi: naqd pulda, to'lov kartalari orqali, mobil qurilmalardan foydalangan holda, shuningdek, hisobvaraqdan pul o'tkazish orqali. Bu to'lovchilarga to'lov vositalarini tanlashda harakatchanlikni ta'minlaydi va ularning sodiqligini oshiradi.

Foydalanuvchilar o'rni va huquqlarining moslashuvchan tizimi

Yechim doirasida operatsiyalarni kuzatish va tizimni saqlash uchun turli funktsiyalarni bajaradigan oldindan belgilangan foydalanuvchi guruhlari mavjud: administrator, operator, texnolog. Ularning tizimga kirish huquqlari ular tutgan o'rniga ko'ra chegaralangan va moliya tashkilotining ehtiyojlariga muvofiq sozlanishi mumkin.

Terminal uskunasining monitoringi

Tizim o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tarmog'ining har bir qurilmasining texnik holatini kuzatish imkonini beradi: qog'oz pul qabul qiluvchi moslamaning to'lish darajasi, kvitansiyalarni chqarish uchun qog'ozning mavjudligi, sensorlarning ishlashi va boshqalar.

Tranzaksiya monitoringi

Tizim real vaqt rejimida toʻlov tranzaksiyalarining borishini kuzatib boradi, turli parametrlar va talablar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantiradi.

Biznes tahlili tizimlari bilan birlashish

Yechim real vaqt rejimida har bir aniq qurilmadagi tranzaktsiyalar bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni to'plash, to'lov operatsiyalarining turli parametrlari bo'yicha hisobotlarni yaratish imkoniyatini beradi. Bularning barchasi terminal tarmog‘i operatori uchun ma’lum bir xizmat qanchalik foydali ekanligini baholash, maqbul komissiya miqdorini belgilash, ma’lum bir joyda o‘rnatilgan terminalga bo‘lgan talabni, shuningdek, o‘zini oqlashning taxminiy muddatini hisoblash imkonini beradi.

Naqd pul yig'ish rejimini ta'minlash

Tizim naqd pul yig'uvchilarni identifikatsiyalashning har xil turlarini ta'minlaydi. Naaqd pul yig'ish tugagandan so'ng, jarayon bo'yicha barcha ma'lumotlar Payments.iQ serveriga yuboriladi.

Yechimlarni taqdim etish formatlari

Shaxsiy tizim

Mijoz dasturiy yechimni sotib oladi va uni o'z infratuzilmasiga joylashtiradi.

Yechimni ijaraga olish

Mijoz dasturiy ta'minotdan ijara asosida foydalanadi, bunda dasturiy ta'minot BS/2 infratuzilmasida joylastiriladi.

Dasturiy ta'minot xizmat sifatida

Mijoz o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalari orqali qabul qilingan to'lovlar boshqaruvining autsorsingini BS/2 kompaniyasiga topshiradi.

Barcha dasturiy ta'minot yechimlari

Bizning loyihalarimiz

Bizning jamoamiz kompaniyangiz uchun qaysi mahsulotlar eng ko'p mos kelishi haqida tavsiyalar olishga yordam beradi. "Biz bilan bog'laning" tugmasi orqali bizga xabar yuboring.

Kirill Ovsyannikov

Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari