Diebold Nixdorf CS 6040 elektron kassiri

Diebold Nixdorf CS 6040 (CINEO C6040) bozordagi eng mashhur kassa modellaridan biridir. Qurilma naqd pulni qabul qilish, saqlash va berishning sodda va ishonchli tizimi bo‘lib, u, shuningdek, qogoz pullarni qayta sanash va tekshirishni ham ta’minlaydi.

Qurilmaning texnik xususiyatlari

CS 6040 elektron kassiri naqd pulni qayta ishlash moduli bilan jihozlangan bo'lib, Diebold Nixdorfning noyob texnologik kontseptsiyasining bir qismi hisoblanadi. – Cash Cycle Management™ Solutions turli xil o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish qurilmalari uchun bir xil kassetalardan foydalanish imkonini beradi.

Samaradorligi

Yechim yagona naqd pul aylanmasi siklining bir qismi sifatida kassa markazlari, bank filiallari va chakana savdo shoxobchalari infratuzilmasi bilan birlashtirilishi mumkin va naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish, shuningdek, ularning xavfsizlik darajasini oshirish imkonini beradi.

Ishonchliligi

Innovatsion dasturiy ta’minot va naqd pul mablag’larini boshqarish xizmatlari majmuasi orqali tizim audit talablariga muvofiqligini va pul mablag’lari zaxirasini inventarizatsiya qilish natijalarining maksimal shaffofligini ta’minlaydi.

Qurilmada 4 ta baraban va 4 ta kasseta mavjud

Naqd pulni qayta ishlash moduli

  • 8 ta nominalgacha qayta ishlash.
  • Bir vaqtning o’zida 200 tagacha qog’oz pullarni omonatga qo’yish va yechib olish.
  • Intellektual saqlash moduli.
  • Omonat kiritish va naqd pul berish modulidagi begona jismlar sensori.
  • Omonat kiritish/yechib olish tezligi – bir soniyada 10 dona qog’oz pulgacha.

Naqd pullarni saqlash

Kassetalar

  • Naqd pul uchun 4 ta standart yoki 4 ta ixcham kasseta (modifikatsiyasiga qarab).
  • Kassetalarning maksimal to’lish darajasi 300 mm (katta) va 200 mm (ixcham).
  • Yaroqsizga chiqarilgan qog’oz pullar uchun alohida kasseta.
  • Soxta pullar uchun alohida kasseta.
  • Kassetalarning to’lishi ko’rsatkichi.

Barabanli modul

  • 4 ta barabanli modul, har birining sig’imi 350 tagacha qog’oz pul.

Qog’oz pullarni qayta ishlash

  • Qog’oz pullarni tekshirish.
  • Qog’oz pullarni yaroqsizga chiqarish.
  • Qog’oz pullarning seriya raqamlarini tanish.
  • Bir vaqtning o’zida 120 tagacha turli nominallarni qayta ishlash.

Monitor

  • LCD monitor (128×64 piksel)

Ma’lumotlarni uzatish porti

  • RS232/V.24, USB (2.0), LAN

Ruxsatsiz kirishdan himoya qilishning kuchaytirilishi

  • Xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni CripTA Stick yordamida avtorizatsiya qilish.

To’liq to’plam variantlari

Xavfsizlik

  • Xavfsizlik signalizatsiyasi tizimi.
  • Har xil konfiguratsiyadagi kassetalar: muhrlash imkoniyati bilan, qulfli, buzish indikatori, shuningdek, qog’oz pullarni eslab qolish xotirasi funksiyasi bilan.
  • Siyoh purkash tizimi.
  • Seyflar:
    • UL291 Level 1
    • CEN L (40mm)
    • CEN III
    • CEN IV

Monitorlar

  • Mijozlar uchun sensorli rangli ekran (diagonali 8,4”)
  • Mijozlar uchun sensorli rangli ekran (diagonali 12,1”)

Protsessor

  • Core i5

Mijoz bilan o’zaro aloqa

  • Quloqchin ulash uyasi

O’lchamlari

Balandligi, kengligi, uzunligi

  • 925 mm x 500 mm x 1300 mm

Vazni

  • UL seyf – 570 kg
  • CEN III seyf – 710 kg
Bizning jamoamiz kompaniyangiz uchun qaysi mahsulotlar eng ko'p mos kelishi haqida tavsiyalar olishga yordam beradi. "Biz bilan bog'laning" tugmasi orqali bizga xabar yuboring.

Kirill Ovsyannikov

Strategik soha bo'yicha direktor o'rinbosari

Bizning loyihalarimiz